Ota-ona bilan muomala

Assalomu alaykum! Ota-ona farzandlarining ishlab topayotgan pullariga qanchalik haqqi bor? Bu masalada farzand qanday yo‘li tutish kerak shariat tomonidan qaralganda? Farzand hamma topgan pulini ularga bersayu, ammo ular na o‘zlariga va na farzandlariga kerakli darajada sarf qilishmasa. Hatto farzand kasal bo‘p qolib pulga muhtojga bo‘lganda ular bunga pul berishmasa va har bir topayotgan pulini tiyin tiyinigacha so‘rab, surishtirib nazorat qilib kelishsa. Bunday holatda farzand qanday yo‘l tutishi kerak? Haqiqatni aytsa eshitishmasa, yolg‘on ishlatsa gunoh bo‘lsa. Ularga indamay kerakli bo‘lgan miqdordagi pulni olib qo‘yib, bermasa bo‘ladimi? Ota-ona pulni yig‘ib o‘tirib kerakmas, gunoh va isrof ishlarga sarf qilib yurishsachi?
2). Bu holatda farzandning qiz yoki o‘g‘illigi ahamiyatga egami? Biron nimani o‘zgartiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Pul ishlab topuvchiniki bo‘ladi. Ota-ona eb ichish va kiyinishga muhtoj bo‘lsa, o‘shancha miqdor berish farzandning zimmasiga vojib. Agar ularni o‘zlarida bunga etarli mablag‘ bo‘lsa, farzandning zimmasida berish vojib emas. 2). Farq yo‘q. Hech narsani o‘zgartirmaydi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 08:08 | Savol-javoblar | 171 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar