Berilgan javobni aniqlashtirish
Hurmatli Shayx Hazratlari! Iqtibos:“Savol: Shayx hazratlari. sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan savolim shuki, bir koreyts firmasida ishlayman. Firmamiz odatda boshqa qurilish kompaniyalariga kerak bo‘lgan xom ashyolarni topib, shu qurilish kompaniyalariga sotadi. Mening vazifam internetdan shu xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilarni topib berish. Ishga kelganimda bu firmaning doimiy mahsulot oladigan joyidan arzonroq, yaqinroq joyni topib berdim. Keyinroq, bundan ham arzonroq, bir xil sifatdagi mahsulotni topib berdim. Shu oxirgi topilgan mahsulot ishlab chiqaruvchisi, agar ularning mahsuloti sotiladigan bo‘lsa, menga 4% atrofida pul va’da qildi. Firmamiz uchun bu eng yaxshi narx edi, sotib oldik. Menga ham va’da qilingan pulni berishdi. Shu pulni olishga oldimu "halolmikan" deb o‘ylanib qoldim. Bundan 2-3 oy avval birov sizdan so‘ragan savolida "dallollik uchun pul berish bor, xaridor jabr ko‘rmaslik sharti bilan" degan ma’nodagi javobingizni o‘qigandim. Mening holatimni bir xil desa bo‘ladimi yoki haromga qo‘l urdimmi? Oldindan rahmat Javob: O‘zlari bilib turib sizga haq berganlari uchun joiz. ” Ushbu xolatda bu birodarimizni ishga olgan va unga oylik berayotgan firmaning haligi 4% dan xabari yo‘q bo‘lsa xam, olingan pul halol bo‘lib qolaveradimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Firmaning haligi 4% dan xabari yo‘q bo‘lsa, olingan pul halol bo‘lmaydi.
26 May 2022, 22:03 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Firmaning haligi 4% dan xabari yo‘q bo‘lsa, olingan pul halol bo‘lmaydi.
26 May 2022, 22:03 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar