Futbolga ishqibozlikni tark etish
Assalomu alaykum! Saytda o‘qib qoldim. Bir akamiz ibodatlarini deb futbol ishqibozligidan voz kechibdilar. Futbolni dinga qanday alokasi bor? Men ham tark etishim kerakmi? Javob uchun tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kishi sog‘lom bo‘lishi uchun sport bilan shug‘ullanishi dinimiz targ‘ib qilgan ishlardandir. Hozirgi kundagi ishqibozlik esa inson umrini zoe qiladigan, juda ko‘p nojoiz ishlarga sabab bo‘ladigan narsadir. عَنْ عَلِيِّ بْنِ حُسَيْنٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّ مِنْ حُسْنِ إِسْلَامِ الْمَرْءِ تَرْكَهُ مَا لَا يَعْنِيهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ Ali ibn Husayn roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, kishining o‘zi uchun befoyda narsalarni tark qilishi Islomining husnidandir», dedilar». Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar. Hayotimizga diqqat bilan nazar soladigan bo‘lsak, kishilarning ko‘p vaqti, zehn-zakovati, aql-idroki va imkoniyatlari behuda narsalarga sarf qilinayotganini ko‘ramiz. Behuda narsalardan chetda bo‘lgan kishi faqat foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lishini yaxshi anglab etishimiz lozim. Binobarin, har doim befoyda ishlardan o‘zimizni chetda tutishimiz kerak bo‘ladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar