Mulk taqsimlash
Assalomu alaykum! Mening xovli uyim (otam raxmatli xadiya qilgan) va do‘konim bor. 2 gektar maydonli bog‘im bor. 3 ta o‘g‘lim, 1 ta kizim, ayolim va onam bor Alxamdulillax. Farzandlarim oilali, onam esa ukam bilan yashaydi. Bog‘ni otam bilan barpo qilganmiz. Do‘konda o‘zim ish boshlaganman, lekin xozirda bog‘ni ishlari bilan bandman. Do‘konni ayolim, o‘g‘illarim va kelinlarim yuritmoqda. Buxgalteriya ishlarini esa o‘zim qilaman. Endilikda farzandlarim o‘rtasida ushbu mulk va mablag‘larni taqsimlab bermoqchiman. Savolim: Xammasini 7ga bo‘lib - ayolimga 1 xissa, uchta o‘g‘limga xar biriga 1 xissadan, onamga 1 xissa va o‘zimga 2 xissa qilib taqsimlasam to‘g‘ri bo‘ladimi. Qizimga o‘zim muruvvat qilib turaman. Oilamda xamma namozxon dinni tushunadi, lekin onamga ulush berishimga ayolim va o‘g‘illarim qarshi bulmoqda. Onam bo‘lalarimni katta qilishda, uyli bo‘lishimizda, bog‘ yaratishda ko‘p yordam berganlar. Xozirda 84 yoshda, yordamga muxtoj. Bog‘ni esa 4ga, uchta o‘g‘limga va o‘zimga bo‘lsam to‘g‘ri bo‘ladimi. Noto‘g‘ri bo‘lsa iltimos to‘g‘ri yul ko‘rsatsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangizning sizga hadya qilgan hovli uyidan boshqa mulklari bo‘lgan bo‘lsa, uni merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimlash kerak bo‘ladi. Bu mulklardan otangizniki bo‘lganini merosxo‘rlar o‘rtasida bo‘lib bergandan sizga tekkanini nima qilsangiz o‘zingizga havola. Kimga qancha berasiz, o‘zingizning xohishingiz. Onangizni ezozlang, rozi qiling. Ayolingizga ham yaxshilik qiling. Farzandlaringiz orasida esa adolat qilishingiz kerak bo‘ladi. Hadisi sharifda bu borada shunday deyilgan:عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: انْطَلَقَ بِي أَبِي يَحْمِلُنِي إِلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، اشْهَدْ أَنِّي قَدْ نَحَلْتُ النُّعْمَانَ كَذَا وَكَذَا مِنْ مَالِي، فَقَالَ: «أَكُلَّ بَنِيكَ قَدْ نَحَلْتَ مِثْلَ هَذَا؟» قَالَ: لَا، قَالَ: «فَأَشْهِدْ عَلَى هَذَا غَيْرِي»، ثُمَّ قَالَ: «أَيَسُرُّكَ أَنْ يَكُونُوا إِلَيْكَ فِي الْبِرِّ سَوَاءً؟ قَالَ: بَلَى، قَالَ: «فَلَا إِذًا». وَفِي رِوَايَةٍ: «اتَّقُوا اللهَ، وَاعْدِلُوا فِي أَوْلَادِكُمْ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.Nu’mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Otam meni ko‘tarib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib bordilar va: «Ey Allohning Rasuli, guvoh bo‘ling, men Nu’monga o‘z molimdan buni, buni berdim», dedi.
«Hamma o‘g‘illaringga ham shunga o‘xshash narsa berdingmi?» dedilar u zot.
«Yo‘q», dedi.
«Bunga mendan boshqani guvoh qil», dedilar va so‘ngra: «Ularning barchasi senga birdek yaxshilik qilishini istaysanmi?» dedilar.
«Ha», dedi.
«Unday bo‘lsa, yo‘q!» dedilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Allohga taqvo qilinglar va farzandlaringiz orasida adolatli bo‘linglar», deyilgan.
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Ushbu hadisga binoan, musulmon inson moliyaviy masalalarda o‘z farzandlarining barchasini barobar ko‘rishi kerak bo‘ladi. Agar teng imkoniyatli farzandlarning biriga mol berib, boshqasiga bermasa yoki biriga oz, ikkinchisiga ko‘p bersa, adolatsizlik bo‘ladi. Bo‘lalari orasida hiqdu hasad, fitna kuchayadi.
Agar shar’iy sabab bo‘lsa, ota-ona o‘z bo‘lalaridan biriga ko‘proq, boshqasiga ozroq mol bersa bo‘ladi.
Misol uchun, biri bemor, ikkinchisi sog‘, biri kambag‘al, ikkinchisi boy, birining bo‘lalari ko‘p, ikkinchisiniki oz. («Baxtiyor oila» kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat