Ota-ona roziligi muximmi yoki erning roziligi

Shayx janoblari ilmingizni Alloh ziyoda qilsin. Hazrat Menga Allohning inoyati bilan qalbimga hijob urash axdi kirib. Erimdan hijobli kieyimlar olib berishlarini suradim u kishi olib berdilar. Men erim xizmat safariga ketganimda Ota-onamlarnikiga hijobli kiyimda bordim va ota-onam meni kurib senga nima bo‘ldi deb rossa urshib uydan xaydab yubordilar agar shu keyimlarni keysang biz sendan roziemasiz deb aytdilar. Biz tomonlarda umuman bunaqa kiyim keymaydi Nomoz o‘qiydigan qarindoshlar ham bu kiyimda ko‘rsa ham barbir tug‘ri tushinishmaydi. Erim bo‘lsa agar bugundan boshlab kuchada hijobsiz chiqsang Men sendan roziemasman deb aytdi. Ayting nima qilsam bo‘ladi. Vaxolanki Islomda ota-ona roziligini olgan inson jannatga kiradi deyilgan. Lekin oxiratda erning roziligini olmagan ayol jannatga kirmaydi deb Payg‘ambarimiz Muhammad sAllohu alayxi vassalam aytganlarini eshitmganman. Shunga ikki o‘t orasida qoldim. Qaysi birlarini roziligi muxim. Ota-onamga kattalar orqali gap uqtirb bulmaydi. Shuning uchun sizdan maslahat so‘rayabman. Erimning roziligini olish uchun Ota-onam men bilan gaplashmay uyga kirgizmasi menikiga kirmasligi uchun ota-onanmi norozi qilib bo‘lsa ham hijob o‘raymi. Yoki ota-onamning roziligini olib, erimning men sandan noroziman degan suzlarini kutarib yuraymi. Raxmat Duo qiling hazrat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Eringizni rozi qiling.

26 May 2022, 22:10 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar