Qunut duosi to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri

Assalomu alaykum! Qunut duosi to‘g‘rimi yoki noto‘g‘riligini aytsangiz. Allohumma inna nasta’inuka va nastag‘firuk. Vanu’minu bika va natavakalu ’alayka va nusniy ’alaykal xoyr. Va nashkuruka va la nakfuruk. Va naxla’u va natruku may yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu narju rohmatak(a). Va naxsha ’azabaka. Inna ’azabaka bil kuffari mulhiq.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizga yaqin erdagi masjid imomi yoki noibi murojaat qilsangiz duoning lafzlarini qay darajada to‘g‘ri talaffuz qilayotganingizni tekshirib berishadi. Chunki arab tilidagi so‘zlarning talaffuzini kiril harflari bilan to‘liq ifodalash imkonsizdir. Aynan qaysi duoni o‘qishingizga kelsak, “Kifoya” kitobidagi matnni keltiramiz, o‘zingiz tekshirib oling: 
Hanafiy va molikiy mazhablari qunutda o‘qiladigan duoga ushbu dalilni keltiradilar: أَخْرَجَ أَبُو دَاوُدَ عَنْ خَالِدِ بْنِ أَبِي عِمْرَانَ قَالَ: بَيْنَمَا رَسُولُ اللهِ  صلي الله عليه وسلم يَدْعُو عَلَى مُضَرَ إذْ جَاءَهُ جَبْرَائِيلُ  عليه السلام فَأَوْمَأَ إلَيْهِ أَنْ أُسْكُنْ، فَسَكَتَ، فَقَالَ: يَا مُحَمَّدُ، إنَّ اللهَ لَمْ يَبْعَثْكَ سَبَّابًا وَلَا لَعَّانًا، وَإِنَّمَا بَعَثَكَ رَحْمَةً، لَيْسَ لَكَ مِنَ الْأَمْرِ شَيْءٌ. ثُمَّ عَلَّمَهُ الْقُنُوتَ: اللَّهُمَّ إنَّا نَسْتَعِينُكَ وَنَسْتَغْفِرُكَ، وَنُؤْمِنُ بِكَ وَنَتَوَكَّلُ عَلَيْكَ، وَنُثْنِي عَلَيْكَ الْخَيْرَ كُلَّهُ، نَشْكُرُكَ وَلَا نَكْفُرُكَ، وَنَخْلَعُ وَنَتْرُكُ مَنْ يُفْجِرُكَ. اللَّهُمَّ إيَّاكَ نَعْبُدُ وَلَكَ نُصَلِّي، وَنَسْجُدُ وَإِلَيْكَ نَسْعَى، وَنَحْفِدُ نَرْجُو رَحْمَتَكَ، وَنَخْشَى عَذَابَكَ، إنَّ عَذَابَكَ بِالْكُفَّارِ مُلْحِقٌImom Abu Dovud Xolid ibn Abu Imrondan rivoyat qiladi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muzarning ziddiga duo qilayotganlarida birdan Jabroil alayhissalom keldi va u zotga «Jim», deb ishora qildi. U zot jim bo‘ldilar. Bas, u: 
«Ey Muhammad, albatta, Alloh seni so‘kong‘ich qilib ham, la’natlovchi qilib ham yuborgani yo‘q. Albatta, seni olamlarga rahmat qilib yubordi. Senga ishdan hech bir narsa yo‘qdir», dedi.
So‘ngra «Qunut»ni o‘rgatdi:
«Allohumma innaa nasta’iynuka va nastag‘firuka. Va nu’minu bika va natavakkalu alayka. Va nusniy alaykal xoyro kullahu. Nashkuruka va laa nakfuruk. Va naxla’u va natruku man yafjuruk. Allohumma iyyaaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’aa va nahfidu. Narjuu rohmataka va naxshaa azaabaka. Inna azaabaka bil kuffaari mulhiq».
Duoning ma’nosi:
«Allohim, albatta, biz Sendan yordam so‘raymiz, Senga istig‘for aytamiz va Senga iymon keltiramiz, Senga tavakkul qilamiz va Senga shukr keltiramiz, kufr keltirmaymiz. Kim Senga fojirlik qilsa, uni ajratamiz va tark qilamiz. Allohim, Sengagina ibodat qilamiz, Sengagina namoz o‘qiymiz va sajda qilamiz, Sengagina intilamiz va shoshilamiz. Sening rahmatingni umid qilamiz va azobingdan qo‘rqamiz. Albatta, Sening haq azobing kofirlarga etguvchidir».
Sahobai kiromlar ushbu duoga ittifoq qilganlar, bu duo hazrati Umar va u kishining o‘g‘illari Abdulloh ibn Umarning duolari sifatida ham mashhur bo‘lgan.
Kim «Qunut» duosini o‘qimay ruku’ga ketgan bo‘lsa, sahv sajdasi qiladi.(“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!

18 Iyul 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 172 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar