Yana haqida
Assalomu alaykum! 4092-savolni o‘qib, meros bo‘yicha savol tug‘ilib qoldi. Ota vafotidan keyin bo‘ladigan taqsimot xaqida tushunchaga ega bo‘ldik, savolim, masalan: ota xayotligida mashinasini bir o‘g‘liga, uy-joyini boshqa o‘g‘liga meros deb xat xujjat qilib ketsa, turmushga chiqqan 2ta qizi bor, lekin ularga xech narsa qoldirmasa, ular xam kelib merosdan ulush talab qilsa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan tashakkur,
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘g‘illarining qo‘liga topshirib, siz yozgandek xat hujjat qilgan bo‘lsa ularga hadya qilingan va hadyani qabul qilib olingan hisoblanadi. Ayni o‘sha narsalarda qizlarning haqqi qolmaydi. Ota adolat qilganmi yoki qilolmaganmi bu boshqa gap. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat