Iqtido Masalasi

Men chet elda yashayman. Biz yashaydigan shaharchada masjid bo‘lib u erdagi imom boshqa mazhabda namoz o‘qiydi. Ramazon boshlangani bois tarovih namozlarini ado etgani boraman. Imomlikka o‘tayotgan kishi ikkala qo‘lida Qur’onni ushlab turib o‘qiydi garchi qo‘lidagi Qur’ondan o‘qimasa ham. (Buni kuzatib turdim va ba’zida adashib ketsa orqasida turganlar tog‘rilab turganligidan shunday hulosaga keldim. )bu erda yashaydigan uzbeklar qo‘lida kitob bn o‘qiganu uchun borib bo‘lmaydi deb borishmasakan. Shu masalada bizga yordam bersangiz iltimos. shu imomga iqtido qilsam bo‘ladimi? Alloh sizdan rozi bo‘lsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bizning mazhabda qo‘lidagi Qur’ondan o‘qib imomlik qilish joiz emas.

26 May 2022, 22:12 | Savol-javoblar | 146 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar