Kurs ishi yozish
Assalomu alaykum! Universitetda o‘qiyman. Kelajakda asqotadigan bilimlarni berishadi, ba’zi universitetlarga o‘xshab matematikaning tarbiyaga ta’siri degan foydasiz bilimlar emas. Do‘stlarim bilan imtihonlarda boshqa talabalar uchun kurs ishini yozish haqida baxs ketdi. Men kurs ishini boshqa birovga yozish harom, undan keladigan pul ham harom dedim, chunki boshqa bir insonning ma’suliyatini qilishmoqda. Albatta bu ertaga usha kurs ishini yozdirgan bolaga yomon, ertaga o‘qishni bitirib xuddi yana shunday pulga ishini bitirib amaldor bo‘ladi, bilimsizligi tufayli boshqalarga salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Bu kurs ishi yozishni harom ish, bundan keladigan pul ham harom, buyurmaydi deyish to‘g‘rimi? Do‘stlarimga shunday deganim to‘g‘ri bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nojoizligi yuz foiz. Siz to‘g‘ri gapni aytibsiz, ammo harom so‘zini ishlatishga ehtiyot bo‘lish kerak. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 167 | Ta’lim va muta’allim