Ikkilanish yuz berganda

va rahmatullohi va barakotuh. Hazrat sizdan kundalik hayotimda ko‘p takrorlanadigan bir holat yuzasidan maslahat so‘ramoqchiman. Menda ikkilanishlar yuzaga keladi. Masalan Asr namozini o‘qish uchun joynamoz ustiga chiqsam Peshindan keyin tahoratim sinmaganmidi degan shubha tezda paydo bo‘ladi. Bu shunday bo‘ladiki ikki yo‘lham birdek bo‘ladi. Balki singandir balki yo‘q. Eslayolmayman. Ba’zan nimagadir amin bo‘lsamham shubha paydo bo‘ladi. Bugunham gullarga suv quyib keldim, oradab ancha vaqt o‘tgach suv ichib qo‘yganim esimga tushgandek bo‘ldi. Ro‘za edim. Ichmagandekham bo‘laman, lekin ikkilanish bor. Bunday holatda qanday yo‘l tutay? Nimaga qarab hukm qilay? Ko‘p gapirganim uchun uzr ustoz, oydinroq yozay dedim. Javobingiz uchun oldindan tashakkur. Alloh umringizni ziyoda qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday holatlarda aniq dalil bo‘lmasa, namoz va ro‘za buzilmmaydi.

26 May 2022, 22:24 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar