Rasmni ko‘chirish haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men ijtimoiy saytlarning biridan yaxshi maqsad va kuchli ixlosim tufayli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining bir necha foto suratlaridan nusxa ko‘chirib olgandim. Shu ishim to‘g‘rimi? Biror bir mashhur shaxs yoki tanish insonlarning foto suratlarini sayt va profillarda ko‘rib ulardan nusxa ko‘chirib olsa mumkinmi? Agarda bu surat biror shaxsga tegishli bo‘lmasachi? Masalan tabiat manzaralari, gullar, turli jonivorlar va hokazo?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha suratlarning egasidan ijozat so‘rang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:53 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar