Oilaning bir iymonli a’zosiga boshqa a’zolarning qarshiligi

Shayx hazratlari! Kamina yurtimizning chekka bir viloyatidanman, vaqtinchalik Toshkentga ishlash uchun kelganman va ishlayapman ham. Ayolim, ikki kichik farzandim ota-onam bilan birga viloyatda yashashadi. Bizning viloyatimizda Islomga bo‘lgan e’tibor kam, ichkilikbozlik oqibatida juda ko‘pchilikning iymoniga putur etgan desam, adashmayman. Jumladan, katta hisoblangan oilamizda kaminadan tashqari qolgan barcha erkak a’zolar aroqning haromligiga unchalik et’ibor berishmaydi. Xususan oiladagi ayollar ham avrat masalasida bilimi zaifligi, ilmsizligi mening ahli ayolimni avratini yopib yurish to‘g‘risidagi niyatimga-istagimga rahna solayapti va biz er-xotin o‘rtasida sovuqchilik tushishiga sabab bo‘layapti. Men esa musulmonchilik haqqi hisobidan ota-onam, ayolim va farzandlarimdan voz kechish, ayrilish niyatim yo‘q. Demakki, men shariyat hukmi ila yashashni istagan bir paytda butun oilamning mening dunyoqarashimga, yashash tarzmga qarshi chiqishi o‘ta murakkab ahvolga solib qo‘ymoqda. Ayolimni butunlay hayosiz deb o‘ylamaylik, uning ota oilasidagi muhit ham hayosiz emas. Oxir-oqibat yordam so‘rab murojaat qigan iltimosim shuki, oilamiz davrasida Mukammal dinimizning g‘olib kelishiga, ayolimning iymonini mustahkamlashiga va shu bilan birga oilamning yanada mustahkam bo‘lishiga qay yo‘l bilan erishishim mumkin! ? Oldindan ming tashakkur, Olloh taoloning O’zi iymoni sustlarga mustahkam iymon, iymonsizlar qalbiga esa bardavom hidoyat solishini nasib qilishini so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qo‘lingizdan kelganicha o‘zingiz ibodat qiling, ularga tushuntiring. Avval ayolingizdan boshlang. U tushunsa, sizga oson bo‘ladi. Qolganlar ham asta tushunadi. Alloh taologa duo qiling.

26 May 2022, 22:28 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar