Ali Muhammad Sallabiy haqida

Muhtaram ustoz, sizdan Doktor Ali Muhammad Sallabiy haqida suramoqchi edim. U kishining bir qancha siyrat va tarihga doir mavzularda yozgan kitoblariga duch keldim. Kup kitoblari arab tilidan boshqa tillarga tarjima qilinibdi. Kamina u kishining Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali r.a. larning hayotlari haqida yozgan kitoblarining ingliz tilidagi tarjimasini sotib olib, tanishib chiqdim. Kitoblarni hali tula uqib chiqmagan bulsam ham, ular manga juda ham manzur buldi. Arab tilidan boshqa tilda bu borada bu qadar batafsil yozilgan kitob juda kam bulsa kerak. Ahli ilmlardan birlari u kishi haqida shunday dedi:"Eski mu‘tabar tarih yoki siyrat kitoblarda (Tobariy, Ibn Kathir) ma‘lumot nuqtai nazaridan u hoh sahih yoki zaif bulsin yozilavergan. Sallabiy janoblari usha kitoblardan faqat ishonchli va sahih ma‘lumotlarini ajratib olib, kitob ta‘lif qildilar va yangi bir yunalishni yulga quydilar".Agar Ali Muhammad Sallabiy janoblari haqida eshitgan yoki tanigan bulsangiz, u kishi, kitoblari va yuqoridagi qavl haqida siz ustozimizdan ma‘lumot olmoqchi edim?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- U kishi mening yaqin tanishim. Haqlarida siz yozgan gaplar to‘g‘ri.

5 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 180 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar