Ro‘za kuni o‘zgardimi?
Assalom Aleykum Shayx Hazratlari savol sababi ikkilanish bo‘lmoqda men chet eldaman Islom. uz saytida ko‘rgan ramazon taqvimida Ramazonning 1-kuni 09. 07. 2013 kuni. Taqvimni olganimdan keyin ro‘za 10. 07. 2013 kunga ko‘chilibdi deyishdi. Man bunga ishonmay 9. 07 kuni ro‘za tutdim. Arabistondan oldin ro‘za tutib bo‘lmaydi deyishmoqda! Bugun esa 12. 07. 2013 yana ko‘chirildi deb eshitdik oy to‘lmaganmish. Shu masalaga yordam bering hazrat. Ro‘za tutishni davom etaymi bu ishim gunohmi yoki makruhmi? Savolimdagi xato kamchilikalr uchun uzr so‘rayman. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Yer va Osmonlarni yaratgan Buyuk Alloh Umringiz va Ilmingizni yanada ziyoda qilsin! ! !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ro‘za ko‘chirilmaydi. Ro‘zani boshlash kuni aniqlanadi. Taqvimga bir yil oldin taximndan yoziladi. Sha’bon oyining 29 – kuni kechki payt oy yangi bo‘lgani yoki bo‘lmagani aniqlanadi. Oy yangi bo‘lsa, ertaga ro‘za deb e’lon qilinadi. Yangilanmasa, indingga ro‘za deyiladi. Sha’bon oyi o‘ttiz kunli bo‘ladi. Bu yil shunday bo‘ldi. Yil boshida 9- iyul Rmazonning birinchisi bo‘ladi degan taxmin yozilgan edi. 8 - iyul kuni quyosh botish paytida oy qo‘rinmadi. Shuning uchun 10 – iyul Ramazonning birinchi kuni bo‘ldi.
26 May 2022, 22:28 | Savol-javoblar | 144 | Ro‘za