O‘lgandan keyin 40-50 qilish
Assalomu alaykum! Qadrli Ustozlar, bu savolni berishga judayam iymanyapman, chunki bu ishni bid’at amal deb hisoblayapman. Chunki bu amal haqida hech qaerda eshitmaganman ham o‘qimaganman ham. 1 oycha oldin dodam 90 yoshda qazo qildilar, kuni kecha buvim yaqinda dodang vafot etganlariga 40 kun bo‘ladi, qabrda 40-kuni marhumni oyoq tovoni teshilar ekan shunga bu holat onson kechishi uchun biz uyda holvetar pishirib uni qoshiqda emas qo‘lda yalab eyishimiz kerak ekan, shunday qilsak mayitni qabrda tovon teshilish holati engil kechar ekan deb buvimni qandaydur ayollar ishontirishibti va buvim shu ishni qilamiz deb ushlab olganlar. Men bu ishni bidaat amal deb hisobladim va buvimga Qur’on tilovatidan, dodamlarga atab qilingan ehsondan boshqa amal marhumga bormasligini tushuntirishga harakat qildim. Lekin 87 yoshlik birovni gapiga ishonib qolgan qari buvimga tushuntira ololmayapman va hatto internetdan ham bunday amallar borligiga yoki bunday amallar bid’at amal ekanligiga bir javob topololmadim. Shuning uchun ustozlar sizlardan so‘rashga ahd qildim. Iltimos shu savolimga javob bersangizlar va men shu javobingizni buvimga ko‘rsatsam. Haqiqatdan ham qabrda 40 kuni mayitni tovoni teshilish holati bormi? Haqiqatdan ham shunday holat sodir bolsa, shu kuni holvetar pishirib qo‘lda yalab eyish amali bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buvingiz bobongiz haqida badgumon ekan. Qancha qancha mayyitlar vafot topganda qanday bo‘lsa o‘shanday holda qoladi. Chirimaydi ham o‘zgarmaydi ham. Qolaversa u 40-50 kun degan gaplar shariatimizda mutloq yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar