Kasbim davomida nomahramlar bilan yo‘g‘iz qolish

Bismillaxir Roxmanir Roxiyim. Muhtaram Ustoz Ustoz Men qandolat mahsulotlari chiqaradigan joyga yaqinda omborchi vazifasiga ishga qabul qilindim. U joyda 2 ta smena ishlaydi, ertalab va kechqurun tabiiyki mendan mahsulotlarni ertalab va kechqurun olishadi, ishchilarning ko‘pchiligi ayol-qizlar. Ko‘pincha mendan mahsulotlarni 1 dona qiz kelib olib ketadi, shu vaqt davomida men u bilan yo‘g‘iz qolaman (omborning eshigi ochiq turadi). Ustoz mening xolatimda gunoh ish qilyapmanmi? Agar gunoh ish bo‘lsa qanday yo‘l tutay.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Omborning eshigi ochiq tursa va noshar’iy ishdan eminlik bo‘lsa, joiz bo‘ladi.

26 May 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 196 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar