O‘y-hayol haqida!
Meni ko‘p yillardan beri o‘y-xayol bir zum ham tinch qo‘ymayabdi. Qalb hozir bo‘lmaydi, qaerda bo‘lsam ham o‘y-xayol to‘xtamaydi. Uyqudan turishim bilan xayollar boshlanadi. Bo‘lib o‘tgan narsalar va oldindagi maqsadlarim, odamlar haqida gumonlar va aralash-quralash har-xil fikrlar chumchuq kabi chug‘urlayveradi, miyamda bir narsa o‘rnashib qolganday bo‘ladi. O‘zim bularni istamayman, qiynalib ketaman. Bu narsa to‘rt yil avval ilkisdan boshlangan, siqilish tufayli. Namozlarimda xushu’ yo‘q, Qur’on tilovatini eshitsam ham, o‘qisam ham, mav’iza eshitish, kitob o‘qish nimaiki qilsam ham har xil xayollar to‘htamaydi. Qancha urinsam ham zehnimni bir joyga yig‘a olmayabman. Mol dunyo muhabbati deyarli yo‘q. Imom G‘azzoliy atganlaridek: "Alloh qalbga ikki narsani sig‘dirgan emas" fikrim har tarafga sochilib ilm olishim juda qiyin bo‘lyabdi. Uydan yiroqda ham ilm talab qildim, foydasi bo‘lmadi (xayollar to‘xtamadi). Hazrat mening bu sifatim qanday, bu darddan qanday qutilsam bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taoloning zikrini ko‘p qiling. Istig‘forni qalbingiz tinchguncha ayting. Qalbning tahorati zikrdir.
28 Aprel 2022, 23:14 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taoloning zikrini ko‘p qiling. Istig‘forni qalbingiz tinchguncha ayting. Qalbning tahorati zikrdir.
28 Aprel 2022, 23:14 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar