Ayolning beboshligi
Shayx hazratlari Sizga savolim shuki, Meni ta’tilga chiqqanimdan so‘ng oilam bilan ota-onamlarnikiga dam olishga ketdik dam olish jarayonida 10 kunlar o‘tgandan so‘ng singlim bilan ayolim va katta kelnoyim o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan va bu voqiyani singlim onamga aytgan onam esa telefondan katta kelinoyimga men borguncha qorangni o‘chir deslar katta kelnoyim meni xotinimga sizga ham aytdilar chiqib ketar ekansiz degan. Ayolim lash-lushlarini va bolalarni olib manga biror(Men bu orada boshqa shaharda edim) nima demasi Toshkentga ketib qolgan. Meni jahlim chiqib telefon qilib Agar Toshkentda borgan paytimda uyda bo‘lsang mayb qilaman dedi. U qo‘rqanida talaba singlisini uyiga ketib qolibdi. Uyga kelganimdan keyin telefon qilib Uyimga borib ota-onamdan kechirib sura keyin bemalol yashayvermiz desam kechirim borib kechirim so‘rashni xoxlamayabdi. Uzi besh vaqt nomoz o‘qiydi lekin amaliy yo‘q ayolning eri oldidagi majburiyatlarini "Baxtiyor oila" kitobingizdan o‘qigan biladi lekin amal qilmaydi. Onasi kelib men b. N gaplashib bo‘ldi ertaga mashinaga chiqarib yuboring borib kechirim so‘raydi deb tashlab ketdi ertalab yur chiqarvoraman desam bormiyman deb yana singlisinikiga ketdi. Xozir shu qiliqlarini deb ajrashishga yaqin turibmiz. Sizdan iltimos, Bir ikki nasihat gaplar ayting sizni chunki Internetdan bu saytlarga kiradi. Sizni juda xurmat qiladi. Balkim sizning gaplaringiz oilamiz xamjixatligiga xizmat qilar InshoAlloh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Albatta, bu kabi ishlar musulmon shaxslarga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Muslima ayollar erlarini hurmat qilishlari kerak. Sabr qilinglar, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi, inshaalloh!
26 May 2022, 22:39 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Albatta, bu kabi ishlar musulmon shaxslarga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Muslima ayollar erlarini hurmat qilishlari kerak. Sabr qilinglar, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi, inshaalloh!
26 May 2022, 22:39 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar