maslahat istab

Mening xolamni o‘g‘li bor. U oilasida yolg‘iz farzand. U avval sigaret chekar edi. Men bu ishi yaxshi emasligini uqtirdim va ogohlantirdim. Baribir ta’sir qilmadi. Oxiri uyidagilariga aytishga majbur bo‘ldim. Uyidagilariyam uni shuncha koyishdi. U boshqa sigaret chekmaslikka uyidagilariga va’da beribti. U mendan ancha muddat gaplashmay yurdi sen sotqinsan deb. Zo‘rg‘a yarashdim. Eng yomoni u hozir nos chekyapti, balki sigaret ham chekayotgandir. Yana sotsang sen bilan umuman gaplashmayman deydi. Nima qilishimniyam bilmayman. Yaratgan o‘zi insof bermasa qiyin ekan. Qachon tashlaysan desam, tashlaymanda deydi. Nima qilay shayx hazratlari? Maslahatizga muhtojman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nasihatni davm ettiring.

26 May 2022, 22:41 | Savol-javoblar | 176 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar