Tug‘ma nogiron va aqli zaif bo‘lib tug‘ilgan farzandlar
Assalomu alaykum! Savolim tug‘ma nogiron, aqli zaif bo‘lib tug‘ilgan farzandlar qiyomatda savol-javobsiz jannatga kiradimi? Ota-onasiga ajr bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ota-onasi bu berilgan sinovni Allohdan deb bilib, sabr qilishsa savob oladi. عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: رُفِعَ الْقَلَمُ عَنْ ثَلَاثَةٍ؛ عَنِ النَّائِمِ حَتَّى يَسْتَيْقِظَ، وَعَنِ الصَّبِيِّ حَتَّى يَحْتَلِمَ، وَعَنِ الْمَجْنُونِ حَتَّى يَعْقِلَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُ Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qalam uch (toifa)dan ko‘tarilgan: uyqudagidan, toki uyg‘ongunicha, yosh boladan, toki ehtilom bo‘lgunicha, jinnidan, toki aqli kirgunicha», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. Hokim sahih, degan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdagi qalamdan murod, taklif qalamidir. Shar’iy amallarni – takliflarni bajarmagan kishilarning, jumladan, namoz o‘qimaganlarning gunohlarini yozib turuvchi qalamdir.
Ushbu qalam uch toifa odamdan ko‘tarilgan bo‘lib, ular tomonidan shariat takliflari bajarilmasa ham, gunoh yozilmas ekan.
1. «Uyqudagidan, toki uyg‘ongunicha».
Chunki uyqudagi odamning ixtiyori o‘zida emas. Unda hushyorlik, bir narsani idrok qilish etishmaydi. Shuning uchun u shariat takliflarini qilmasa ham, gunohkor hisoblanmaydi.
2. «Yosh boladan, toki ehtilom bo‘lgunicha».
Balog‘at yoshidan kichik yoshdagi bolalarning aqliy va jismoniy kamoloti bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularning shar’iy takliflarni bajarishlari majburiy emas. Mabodo o‘sha takliflarga xilof qilsalar, gunoh yozilmaydi.
3. «Jinnidan, toki aqli kirgunicha».
Jinni odam ham ahli taklif emas. Shuning uchun ham Islomda, namozning sahih bo‘lish shartlari balog‘atga etganlik va aqlga bog‘liq, deyiladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:11 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar