Telegram kanallari

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, malumki hozirgi kunda telegramda turli hil kanallar ochilmoqda. Shulardan biri bo‘lgan 《Quron va Sunnat》nomli kanalga a’zo bo‘lgandim kuzatishimcha u erdagi narsalarni na mualliflari va na manbaalari ko‘rsatilmagan. Shuningdek kanalni kimlar ochganliklarini bilish ham qiyin. Savolim shuki bu kabi kanallar nazorat qilinadimi? Sizlarda ishonchli kanallar ro‘yhati bormi? Yuqoridagi kanallardan foydalanmaslik kerak ekan. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Muhammad ibn Siriyn rahmatullohi alayh “Ilm dindir. Dinni kimdan olayotganingizga nazar qiling” deganlar. Kim “men domlaman” deb chiqib gapirsa, “Oyat va hadisdan gapiryapti” deb ergashib ketavermaslik kerak. Siz aytgan kanal haqida ma’lumotimiz yo‘q. Vallohu a’lam! Islom.uz portaliga kiruvchi kanallar ro‘yxati quyidagilar: Kanalimiz rasmiy sayti: www.savollar.islom.uz www.islom.uz kanallari: @Islomuz_kanal @Savollar_kanal @FiqhUz_kanal @HilolNashr @Quranuz_kanali @Infoislomuz_kanali @wwwIslamUz @Arabicuz @BintuSodiq @Siyrat_uz @SaboqlarUz @Muslimaatuz

28 Aprel 2022, 23:24 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar