Ayb mi, yuk mi ?
Assalomu Alaykum va Roxmatulloxi va barokatux.Maxallamiz Jome Masjidida Islom Dini ta’limotiga taallukli juda xam kup(shular katorida Sizning muallifligingiz ostida chop etilgan) kitoblar namozxonlar ukishlari uchun yigib kuyilgan bir xona bor. Xoxlagan namozxon xoxlagan vaktida kirib, olib shu erda ukishi mumkin. Kamina xam (imkon bulgancha, dam olish kunlari) kunduzgi namozlarni jamoat bilan ukishga boraman va namoz vaktidan oldinrok borib shu kitoblardan ukiyman(xozirda «Xadis va Xayot» ning «Xaj» kitobini juda kizikish bilan ukiyapman), u erda men kabilar kup. Bugun kirganimda bir odam baland ovozda kitob ukiyotgan ekan(tugrirogi arab tilida Kur’on ukiyotgan ekan, balki yodlayotgandir), men kitobni olib bir burchakka utirdim va meni kurib xalakit bermaslik uchun sekinrok ukir deb kutdim. Lekin u odam baland ovozda ukiyverdi. Men ming istixola bilan «birodar, baland ovozda ukisangiz kolganlarga bir oz xalakit berasiz-ku, bu er aloxida kichik xujra emas, boshka, kup odam kirmaydigan xujralar bor» deb uzimcha tartibga chakirdim, u kishi xup dedida lekin bir ozdan sung kitobni tokchaga kuyib chikib ketdi. Men uzimni aybdor xis kildim, afsus kilib Alloxga tavba kildim, Uzi kechirsin u kishini dilini ogritgan, notugri kilgan bulsam. Albatta Sizdan surayman deb dilimga tugdim. Xurmatli Shayx Xazratlari fikringizni bildiring. Raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz to‘g‘ri qilgansiz. Masjidda, boshqa odamlar bor joyda, xalaqit beradigan darajada Qur’oni Karim tilovat qilish beodoblikdir.
2 May 2022, 23:28 | Savol-javoblar | 188 | Ruhiy tarbiya
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz to‘g‘ri qilgansiz. Masjidda, boshqa odamlar bor joyda, xalaqit beradigan darajada Qur’oni Karim tilovat qilish beodoblikdir.
2 May 2022, 23:28 | Savol-javoblar | 188 | Ruhiy tarbiya