Viloyatlardan mexmonlarning uyimga juda ko‘p kelishi

Men uzim Andijonlikman. 2 yil oldin Toshkentga keldim. Davlat ishida ishliman. Uylanmaganman. 2 oy oldin Ota - Onam menga 3 xonali uy olib berishdi. Shu uyni olganimdan beri Andijondan mexmonlarning kelishi juda ko‘payib ketdi. O‘zi yo‘g‘iz yashiman. Uydagi xamma ishlarni o‘zim qilaman. Davlat ishi bo‘lgani uchun ertalabdan kechgacha umuman vaqtim bo‘lmidi. Xaftada 7 kun ishliman. Bazida o‘zim uchun bir soat ajrata olmiman. Deyarli xar kuni uyga kechki soat 8-9 dan keyin kirib boraman. Erga borib qolsam (bu ham kechki 6. 30 dan keyin bo‘ladi), uyimni yig‘ishtiraman, kiyimlarimni yuvaman, ovqat qilib olaman. Ertalab bazida shoshilganimdan nonushta qilgani ham voqtim bo‘lmidi. Mani kunimning rejasi eng kami 1 xafta oldin tuziladi. Xar bir soatimni xisobini qilaman. Lekin qarindoshlarim kelib qolsa uydagi xamma ishlarim qolib ketadi. Kiyimlarim yuvilmidi, uyim yig‘ishtirilmidi, o‘zim ham dam ololmiman. Mani kunlik rejalarim deyarli bajarilmidi. Ular ham kelsa bir ikki kishi bo‘lim emas eng kami 5 kishi kelishadi yana bir kunga emas eng kami 2-3 kunga. Xatto xammom va hojatxonalardan ham foydala olmi qolaman. Ularning ketishi bilan uyimni va o‘zimni rejalarimni tartibga solib olishimga eng kami 3 kun ketadi. Toshkentni yaxshi bilasiz bu erda bir kun to‘xtab qolinsa boshqalardan 10 kunga orqada qolib ketiladi. Ular yaqin qarindoshlarim bo‘lsa ham maylikan asli (qarindoshlarim ham juda ko‘p) bazilari umuman qarindoshim ham emas. Kelmasin desam xafa bo‘lishadi. To‘g‘risi ularni xafa bo‘lishidan qo‘rqmiman. Allohimni g‘azabidan qo‘rqaman. Lekin ularga qo‘yib bersam xar kuni kelishadi va xamma ishim qolib ketmoqda. Mani tirikchiligim va o‘zimni xayotim bor. Umrimda ko‘rmagan insonlar betini qotirib mexmon bo‘lib kelishadi. Tan olaman tabiatan ichim ham tor. Ko‘pchilikni, shovqinni yoqtirmiman. Bazida asablarib juda charchab ketadi. Boshim qotdi. Maslaxat bering. Kimlarni uyimda qolishiga ruxsat bermasam gunoh bo‘lmidi. Ularga qanaqa qilib rad javobini bersam bo‘ladi. (Bu erda ota-onam, aka ukam, amoki tog‘a va amma-xolalarimni nazarda tutmadimn. Ular uchun doimo uyim ochiq. Ularni menga og‘iri tushmidi). Agar savolim yoqmagan bo‘lsa va o‘ta cho‘zilib ketgan bo‘lsa uzr. Chidolmadim. Kimdan so‘rashni ham bilmadim. Manimcha bu butan viloyatdan kelib Toshkentda yashayotgan insonlarning muammosi bo‘lsa kere
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mazkur o‘zini ilmagan odamlarni uyga kirgazmasangiz, gunoh bo‘lmaydi. Gapingizdan ibodat qilmaydiganga o‘xshaysiz. Agar ibodat qilisangiz. Namozlarni vaqtida o‘qisangiz, rejali hayot kechirasiz va vaqtingiz barakali bo‘ladi.

26 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 173 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar