Satri avrat haqida

Islom. Uz saytida “Satri avrat haqida” makolasida kuyidagi suzlar yozilgan: “Mahramining va boshqalarning cho‘risining orqasi, qorni va sonidan boshqa joylariga qaraydi. ” “O‘z mahramining (mahram bu bir birlarining o‘rtasida nasab, emishganlik yoki qarindoshlik sababli abadiy nikohi harom bo‘lganlardir) soni, qorni va orqasidan boshqa joylariga qarash mumkinligi to‘g‘risidagi mas’ala esa Alloh taoloning ziynatlarini faqat qarindoshlariga ko‘rsatsinlar, degan ma’nodagi oyati karimasidan ishoratan olingandir. ” Bu erda menga mahram bo‘lgan ayolning SONI, ORKASI va KORNIDAN boshqa joylariga karash joiz deyilmokda. Maxramlarning oldida hijobsiz yursa bo‘lishini bilaman, lekin usha "hijobsiz" xolat SONI, ORKASI va KORNI yopik bo‘lib, boshqa joylari, ya’ni: elkasi, kukragi, bo‘ldiri ochik bo‘lishiga ruxsat deganimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘lmasa, nima degani? !

26 May 2022, 22:48 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar