Qur’on, Al-Mursalaat, 25 oyat

Xato va nodonlik qilgan bo‘lsam uzur srayman! Assalomu alaykum! Men Qur’ondagi Al-Mursalaat surasi 25 oyatini « أَلَمْ نَجْعَلِ الْأَرْضَ كِفَاتًا » o‘qidim. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimalarida « Erni o‘ziga tortuvchi qilib qo‘ymadikmi?! » degan tarjimalari bor ekan. Lekin boshqa rus, ingliz tillarida كِفَاتًا so‘zi har xil tarjimada kelgan ekan. O‘zim tarjimon(slovar)lar orqali tarjima qilishga xarakat qildim lekin u tarjimonlarda bu so‘z yoq ekan. Savolim shundaki - men qanday yo‘llar bilan bu oyatni asl ma’nosiga etishsam boladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Arab tilini arabcha qilingan sharhlariga qarang. Qur’onning ilmiy mo‘jizalari qiyomatgacha tugamaydi. Har bir zamon mufassiri Qur’ondagi bir necha ma’nolarga dalolat qiluvchi so‘zlardan zamonasining ahli tushunib, aqliga sig‘adigan qilib tafsir qiladi. Mutaqoddim mufassirlar “Kafata” so‘zidan “o‘zida jamlashlik” ma’nosini olganlar. Ya’ni “erni barcha jonzot, daraxt, tog‘u-toshlar, tiriklarni er yuzida, o‘liklarni er ostida jamlovchi qilmadikmi” degan ma’nosini olgan bo‘lsalar, hozirgi ulamolar bu so‘zning “o‘ziga tortuvchi” ma’nosini olmoqdalar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:12 | Savol-javoblar | 151 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar