Odam ovilik
Ustoz! Menda ikkita savol bor, biri ikkinchisiga mutanosib bo‘lgani u. n bir erga savol qilib yozmoqchiman. Alloh sizdan rozi bo‘lsin! Birinchi savolim: Men tabi’atan kamgap odamman. Odamlarning hazul-huzul gaplariga qo‘shilib ketolmayman, bu hislat yomonmi? ! Ikkinchi savolim: Alhamdulillah Alloh dilimga Òziga bo‘lgan muhabbatni soldi, Allohning muhabbati tufayli kino, serial, kansertlar ko‘rishdan saqlandim, bo‘sh vaqt topdim deguncha diniy ilm o‘rgandim. Avvallari ham kamgap bo‘lsam ham oilam b. n o‘tirib kino seriallar ko‘rardim, endi ular kino ko‘rgan vaqitda men kìtob o‘qib o‘tirsam oyim mendan norozi bo‘lyapti. Oyimni norozi ko‘rish manga juda og‘ir botyapti, oyimga yaqin bo‘lish u. n birga maruza(online da) eshitishga taklif qilsam, bu ishimni noto‘g‘ri tushunyaptilar. Ustoz bu vaziyatdan qanday chiqib ketsam bo‘ladi, Nima qilganim yahwi, qanday o‘zimni bu hislatimdan qutiqarsam bo‘ladi? !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Bu xislat yomon emas. 2. Oyingiz tushunmagan inson ekan. Sizning ishingiz juda ham to‘g‘ri.
26 May 2022, 22:50 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar