Rossiyadagi ahvol

Assalomu alaykum shayx hazratlari.Xozir turli hil sabablarga ko‘ra juda ko‘p o‘zbeklarimiz xorijda istiqomat qilishmoqda.Men bularni sonini bir necha milion deb o‘qib qoldim.Men ham shundaylardan biriman.Oilam bilan O‘zbekistondan juda uzoqdaman.Bu erga kelib alhamdulilloh ibodatlarni bemalol bajarib turibman,tirikchiligimdan ham nolimiman.Ammo o‘ziz bilasiz bir makon ikkinchisiga o‘hshamaydi.Internetda o‘qiyman.Har yili Rossiyaga ishlashga borgan 100 lab o‘zbek yigitlarimiz u erdagi rus millatchilarni qo‘lidan halok bo‘layotgan ekan.Shundoq ayanchli holatlarni oldini qandoq olinsa bo‘larkin?O‘zbek musulmon yoshlarimiz boshqa sovuq yurtlarda pichoqlanib,kaltaklanib o‘lib ketaversa... la havla va la quvvata illa billah...Xudo hohlasa agar O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi bilan bog‘lanish imkonini topsam ularga ham iltimos qilib yozarman,juma ma‘ruzalarida xalqga bu havfli joylarga o‘ylamay borish yomon oqibatlarga olib kelishini tushuntirsinlar.Sizni ham O‘zbek yoshlariga ta‘siringiz nihoyatda katta.Agar yozganlarim rost bo‘lsa,bu borada ham bizlarga nasihat qilib o‘tsangiz,iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Biz ularning o‘zlari va rahbarlari bilan aloqadamiz hamda bu borada qo‘ldan kelgan ishlarni qilmoqdamiz.

27 May 2022, 03:24 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar