Muslimalarning baland poshnali oyoq kiyimi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ayrim internet saytlarida muslima ayolning baland poshnali oyoq kiyimi kiyishi ularning xijobini nomukammal qiladi yoki bunda muslima yahudiy ayollarga o‘zini o‘xshatadi degan so‘zlarga duch keldim. Shu fikrlar asoslimikin? Bugun rasmiy meditsina kundalik turmushda 5smli poyafzal kiyish sog‘likka foydali deyishmoqda. Iltimos, shu masalada anik fikr bildirsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hozirgi kunda avratini berkitib turishi, vaqtida namozlarini qoim qilishi eng asosiy narsa. Yomon sifatdagi ayollar kabi kiyinmasalar bo‘ldi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 18:44 | Savol-javoblar | 172 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar