Misrdagi futbol qurbonlari

Assalomu Alaykum Hurmatli ustoz habaringiz bor kuni kecha Misrda futbol o‘yinidan keyin o‘z asablarini jilovlay olmagan muhlislar o’rtasida chiqqan tartibsizliklar tufayli kamida 73 (meni o’qiganim bo’yicha ) odam halok bo’ldi. Ularning orasida musulmonlar ham bo’lganiga menda hech qanday shubha yo’q . Albatta nafaqat musulmon balki umuman inson zotiga yarashmaydigan bunday hayvoniy harakatlar har bitta iymon e’tiqodli mo’minni tashvishga solidi. Ming taassufki bunga o’hshash holat nafaqat Misr balki O’zbekiston uchun ham aloqador. Yani bizning yurtda ham odatda Bunyodkor bilan Pahtakor klublari o’ynagan paytda “engilroq tarzda “ bo’lib turadi. O’zbekiston Milliy terma jamoasi o’ynab Hudo ko’rsatmasin yutqizib qo’ysaku tillar junbushga kelib o’gizga kelgan so’kinishlar “shou”siga aylanib ketadi qani endi zamon ko’tarsa yo’lda uchragan narsani yoki raqib jamoa muhlislarini sindirib majaqlab ketishsa ………….. Muhtaram shayh janoblari agarda lozim topsangiz mana shunday sport o’yinlariga ishqibozlik qilish odoblari bo’lsa shularni islom.uz dagi ma’ruzalaringizda yoki ommaviy ahbarot vositalarida chiqish qilganingizda bayon qilib o’tsangiz.Bizda muhlislik qilish madaniyati juda past . Har holda Muhammad(s.a.v) davrlarida ham ot musobaqalari o’tkazilib turilgan va sahobalar davrlarida ham qaysodor ma’noda muhlislik bo’lgan . aql o’rgatib noo’rin savol bergan bo’lsam uzr . Sog‘-salomat bo’ling .
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Salomat bo‘ling.

2 May 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar