Zamon va makon o‘zgarishi bilan shariat hukmlari o‘zgarishi
Zamon va makon o‘zgarishi bilan shariat hukmlari ham o‘zgarib turishi mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shariatning hukmi o‘zgarmaydi. Mujtahidlar va ulamolarning fatvolari o‘zgaradi.
Shu bobda «Xaridor sotib olgan kiyimni xiyor davrida qora rangga bo‘yab qo‘ysa, so‘ng egasiga qaytarib bersa, qora rangga bo‘yalgani nuqsonmi yoki ziyoda, fazlmi? » degan savol tushgan. Shunga binoan, qora rangga bo‘yash nuqson bo‘lsa, qaytib berayotib sotuvchiga nuqsonning haqini qo‘shib berishi, ziyoda bo‘lsa, o‘z haqini sotuvchidan olishi kerak.
Ushbu savolga javob izlab eski fiqh kitoblariga murojaat qilsak, ba’zilarida, xiyor vaqtida qoraga bo‘yash ziyodadir, deyilgan. Boshqalarida esa, bu ish nuqson, deb baholangan. Bir savolga ikki xil javobni ko‘rib, yana jig‘ibiyron bo‘lasiz, oddiygina savolga ikki xil javob, faqihlar ixtilof qilgani dunyoga kelgan ekanlar-da, o‘zi, deysiz.
Lekin shoshmang, azizlarim, oldin mazkur kitoblar kimniki va qachon yozilgani va boshqa ma’lumotlarni o‘rgansangiz, hamma narsa ravshan bo‘ladi. Faqihlarni ayblashga shoshmaslik kerak, ular hujjatsiz, dalilsiz bir ish qilmaydilar.
Kiyimni qoraga bo‘yashni ziyoda va fazl hisoblagan ulamolar abbosiylar hukmronligi davrida yashagan zotlar. Ma’lumki, abbosiylar qora rangni o‘zlariga shior qilib olgan edilar. Qora rangli narsa u davrda qadrli hisoblanar edi. Shuning uchun ham, bu ulamolar o‘z davrlarining talablaridan kelib chiqib, kiyimni xiyor vaqtida qoraga bo‘yash ziyoda va fazldir, deb fatvo berganlar.
Ularga qarama-qarshi fatvo chiqarib, kiyimni qoraga bo‘yash ayb va nuqsondir, degan ulamolar abbosiylarga muxolif hukmdorlar davrida yashaganlar. Ular ham o‘z sharoitlaridan kelib chiqib fatvo berganlar. Demak, ikki tarafning fatvosi ham o‘z zamonasi uchun to‘g‘ri va o‘rinli.
26 May 2022, 23:02 | Savol-javoblar | 165 | Aqiyda