Bilmasdan tarkibida konyak bor tort iste’mol qilsa

Biz oilamiz bilan rus mamlakatida yashaymiz. Bugun shunday holat bo‘ldiki, bir tanishimiz tort olib kelib bizni mehmon qilmoqchiligini aytdi. Biz rozi bo‘ldik. Bizlar 4 kishi edik, lekin ulardan faqat men muslima edim. "Tortning tarkibida konyak bor" deb yozilgan ekan. U erdagilar tortning tami va hidida bu narsa sezilmayotganini aytishdi va birga tanovul qildik. Hazrat qilgan ishimdan, nafsimning gapiga kirganimdan endi o‘zimni qo‘ygani joy topa olmayyapman. Endi nima qilsam bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bilmagani uzr bo‘ladi. Keyin diqqatli bo‘lish kerak.

26 May 2022, 23:03 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar