Safdagi holat
Assalomu alaykum! Bir masjidda Imom jamoadta balog‘atga etmagan bola safning oldida turmasin deb aytishdi. Agar orada blsa saf to‘liq bo‘lmas ekan. Ko‘p masjidlarda shu narsani ko‘p ko‘raman ko‘pchilik buni eshitmagan bo‘lsa kerak. Shuni to‘liqroq qilib tushintirib bersangiz. Katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! ﻋﻦ ﺃﺑﻰ ﻫﺮﻴﺮﺓ ﺮﺿﻰ ﺍﷲ ﻋﻧﻪ: ﻋﻦ ﺍﻟﻧﺑﻰ ﺼﻞ ﺍﷲ ﻋﻟﻴﻪ ﻭ ﺴﻟﻡ ﻗﺎﻞ: ﺨﻴﺮ ﺻﻔﻮف ﺍﻟﺮﺟﺎﻞ ﺃﻮﻟﻬﺎ ﻮ ﺸﺮﻫﺎ ﺁﺧﺮﻫﺎ ﻮ ﺧﻴﺮ ﺼﻔﻮﻒ ﺍﻟﻨﺴﺎﺀ ﺃﺨﺮﻫﺎ ﻮ ﺸﺮﻫﺎ ﺃﻮﻟﻬﺎ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam "Erkaklar safining eng yaxshisi birinchisidir, eng yomoni oxirgisidir. Ayollarning eng yaxshi safi oxirgisidir, eng yomoni avvalgisidir" dedilar. Erkaklarning birinchi safining afzal bo‘lishi imomga yaqinligi uchundir. Birinchi safdagi kishi imomni holini juda yaxshi bilib turadi. Ilohiy rahmatga ham boshqalardan oldin erishadi. Chunki mazkur raxmat avval imomga, sung 1-safga nozil bo‘ladi. Alloh va farishtalar ham oldin birinchi safdagilarga salovat aytadilar. Ayollar safining eng yomoni avvalgisi bo‘lishi erkaklarga yaqin bo‘lgani uchundir. Ayollarning eng yaxshi safi eng oxirgisi bo‘lishi erkaklardan uzoq bo‘lgani uchundir. ﻋﻦ حزﻴﻔﺔ: ﺮﺿﻰ ﺍﷲ ﻋﻧﻪ: ﻋﻦ ﺍﻟﻧﺑﻰ ﺼﻞ ﺍﷲ ﻋﻟﻴﻪ ﻭ ﺴﻟﻡ ﻗﺎﻞ: ﻔﺿﻟﻨﺎ ﻋﻟﻰ ﺍﻟﻨﺎﺱ ﺑﺛﻼﺚ ﺟﻌﻟﺖ ﺼﻔﻮﻔﻨﺎ ﻛﺼﻔﻮﻒ ﺍﻟﻤﻼﺀﻛﺔ ﻮ ﺟﻌﻟﺖ ﻟﻨﺎ ﺍﻷﺮﺾ ﻜﻟﻬﺎ ﻤﺴﺟﺪﺍ ﻮ ﺟﻌﻟﺖ ﺘﺮﺒﺗﻬﺍ ﻟﻧﺎ ﻄﻬﻭﺮﺍ ﺃﺫﺍ ﻟﻢ ﻧﺠد ﺍﻟﻤﺎﺀ ﻭ ﺫﻜﺮ ﺨﺼﻟﺔ ﺃﺨﺮﻯ Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Biz odamlardan uch narsada afzal qilindik: Saflarimiz farishtalarning saflaridek qilindi. Erning hammasi bizga masjid qilindi va uning tuprog‘i qachon suv topa olmasak, biz uchun poklovchi qilindi" dedilar va yana bir xislatni aytdilar. Safning oldingisiga etuk va aql egalari turishi yaxshidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam "Avval safda erkak kishilarni, so‘ngra o‘g‘il bolalarni, so‘ngra ayollarni turishini tavsiya qilganlar” Agar ayollar erkaklarning yonlariga turib qolsalar erkaklarning ham ayollarni ham namozlari buziladi. Hatto er-xotin yoki mahramlar bo‘lsalar ham. Yosh bolalar esa ayollar kabi emas. Kattalardan oldingi safda tursa ularning o‘rni bo‘sh qoladi degan gap noto‘g‘ri. Bolalar ko‘p bo‘lsa kattalardan orqada alohida safda tursa bo‘ladi. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tavsiyalariga muvofiq bo‘ladi. Oz bo‘lsalar kattalar safida turishining zarari yo‘q. xususan erta kelib joylashib olgan bo‘lsa. Bolalarning tohoratli bo‘lishi yoki bo‘lmasligini yonidagi kattalarning namoziga hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 23:46 | Savol-javoblar | 190 | Ibodatlar