Xristianlar e’tiqodi
Assalomu alaykum! Bir tanishim aytdi, xristianlarning e’tiqodi bo‘yicha ham qiyomatga yaqin Iyso alayxissalom tushishlari bor ekan. Shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha kunlarning musibatidan so‘ng, alhol quyosh tutilib, oy xiralanadi. Yulduzlar osmondan tushib, samoviy kuchlar larzaga keladi×. O‘shanda Inson O‘g‘lining alomati osmonda namoyon bo‘ladi. Er yuzidagi barcha qabilalar uvvos tortib yig‘laydilar, Inson O‘g‘li osmon bulutlari uzra buyuk qudrat va shon-shuhrat ila kelayotganini ko‘radilar. Matto Injili, 24 bob, 29-30 oyatlar Hadisda keldiki : ... So‘ngra Iso alayhis salom erga tushadi. Saxar vaqtida insonlar oldiga kelib shunday deydi : “Ey insonlar! Bu jirkanch, kazzobning oldiga chiqishdan sizlarni nima to‘syapti ?” Odamlar: ”Bu kishi (aqldan ozgan shekili)”- deydilar. Va borib qarasalar Iso ibn Maryam ekanligini ko‘radilar. Namozga takbir aytiladi. “Ey (Allohning) Ruhi (imomlik qilish uchun) oldingi safga o‘ting”-deyiladi. Iso aytadi: “Imomingiz marhamat qilib (oldinga safga o‘tsin) va sizlarga namoz o‘qib bersin.” Bomdod namozini o‘qib bo‘lishgach, hammalari Dajjolning oldiga chiqadilar. Kazzob Dajjol Isoni ko‘rgan zahoti tuz suvda eriganidek eriy boshlaydi. Xattoki daraxt va toshlar (tilga kirib) nido qiladi: ”Ey Ruhulloh, bu (orqamga berkib olgan) yahudiy (Dajjol tobelaridan).” Iso Dajjol tobelaridan birontasini qoldirmay halok qiladi.* *(Imom Axmad 3/367). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 144 | Aqiyda