Hayoli joyida emasligida yo‘qol ket desa taloq tushadimi?

Er xotiniga alaxsigan, mast yoki qattiq bosh og‘ri xolatida yani qanday niyatda yo‘qol ket deb aytganini xayoli o‘ziga kelganida eslolmasa buni xukmi qanday bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
TALOQ TUShIShI UChUN UChINChI ShART HUShI O‘ZIDA BO‘LIShI

Taloq beruvchi kishini hushi taloq berayotgan vaqtda o‘zida bo‘lishi shartdir. Bemorligi yoki dori iste’mol qilganligi yoki biror boshqa narsa tufayli behush bo‘lsa va shu holtda taloq qo‘ysa, taloq tushmaydi. Bu haqda Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan quyidagi hadis rivoyat qilingan:

وَعَن أَبِي هُرَيرَةرضى الله عَنْهُ قَالَ : "قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ : " كُلُّ طَلاَقٍ جَائِزٌ إِلا طَلاَقَ المَعْتُوهِ وَالمَغْلُوبِ عَلَى عَقْلِهِ".
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Telba va aqli mag‘lub (ya’ni idrok qiluvchi quvvatlar ishdan chiqqan) bo‘lgan kishilarning talog‘idan o‘zga barcha taloq joizdir” (Termiziy rivoyati). BEHUSh HOLATDA QO‘YILGAN TALOQNING HUKMI

Er behush holda qo‘yilgan taloq e’tiborga olinmaydi.
لَا يَقَعُ طَلَاقُ الْمَوْلَى عَلَى امْرَأَةِ عَبْدِهِ. . . وَالْمُغْمَى عَلَيْهِ

“Ho‘jayinning qulining xotiniga qo‘ygan talog‘i va hushidan ketgan kishining talog‘i tushmaydi” (Raddul muhtor).   QATTIQ QO‘RQISh NATIJASIDA BERILGAN TALOQ

Qattiq qo‘rqish natijasida aql o‘z mu’tadilligini yo‘qotib, nazoratni qo‘ldan chiqarishi natijasida osmon, er, kech, kunduz kabi narsalarni farqlay olmay qoladi. Bu holat ham majnunlikni bir turi hisoblanadi. Alloma shomiy bir savol-javobni naql qilib, bunday shaxslar tomonidan qo‘yilgan taloq tushmaydi deb, ta’kidlagan.
أَوْ ذَهَبَ عَقْلُهُ حَيَاءً أَوْ خَوْفًا. . . وَسُئِلَ نَظْمًا فِيمَنْ طَلَّقَ زَوْجَتَهُ ثَلَاثًا فِي مَجْلِسِ الْقَاضِي وَهُوَ مُغْتَاظٌ مَدْهُوشٌ ، أَجَابَ نَظْمًا أَيْضًا بِأَنَّ الدَّهْشَ مِنْ أَقْسَامِ الْجُنُونِ فَلَا يَقَعُ.
“O‘ta hayo qilganidan yoki qo‘rqqanidan aqli ketsa (taloq qo‘ysa talog‘i tushmaydi). . . Qozi majlisida qattiq g‘azabga to‘lib, dahshatga tushib ayolini uch taloq qilgan kishi haqida nazm holatda so‘raldi. Shunda nazm bilan: “Dahshatga tushish majnunlikning qismlaridan bo‘lib, u holatda qo‘yilgan taloq voqe’ bo‘lmaydi” deb javob bergan”[2].
Eslatma: Madhush deb, qomusda hayrat, qo‘rqinch va hayo tufayli aqli ketgan kishiga aytiladi.  
HARORATI OShIB ALJIRAB TALOQ QO‘YISh

Harorat ko‘tarilib, qaltiroq bosib, tilidan o‘zi xohlamagan ravishda u-bu narsalar chiqib ketsa yoki u-bu narsalarni gapirib yuborsa va ularni bilmasa, bas bunday vaqtda qo‘yilgan taloq taloq hisoblanmaydi. Harorat juda baland bo‘lib ketgan vaqtdagina inson o‘z muvozanatini yo‘qotib, nima deyayotganini bilmay qoladi. Lekin, harorat muvozanatni yo‘qotmaydigan, aql nazoratini ketkazmaydigan darjada past chiqsa va sezgi a’zolari ishlayotgan bo‘lsa, bu vaqtda aytilgan taloq taloq hisoblanadi. Chunki, taloq tushishi uchun sog‘lom bo‘lish shart emas.
لَا يَقَعُ طَلَاقُ الْمَوْلَى عَلَى امْرَأَةِ عَبْدِهِ. . . وَالْمُغْمَى عَلَيْهِ. . . وَالْمَدْهُوش

“Qulining xotiniga qo‘ygan ho‘jayinning, hushidan ketgan va madhush kishining talog‘i tushmaydi” (Raddul muhtor)[4].   MAST KIShINING TALOG‘I HAQIDAGI BAHS

Mastlikning haqiqati:

Miyaga xursandchilik va mastlik shu qadar g‘olib bo‘ladiki, natijada inson osmon bilan erni va erkak bilan ayolni farqlay olmay qoladi yoki bema’no aljiray boshlaydi va hayajonda u-bu gaplarni gapirib yuboradi. Shu holatning nomiga mastlik deyiladi.
أَوْ سَكْرَانَ السُّكْرُ : سُرُورٌ يُزِيلُ الْعَقْلَ فَلَا يَعْرِفُ بِهِ السَّمَاءَ مِنْ الْأَرْضِ. وَقَالَا : بَلْ يَغْلِبُ عَلَى الْعَقْلِ فَيَهْذِي فِي كَلَامِهِ.
“Yoki sukrona – sukr deb aqlni zoil qiladigan xursandchilik bo‘lib, u sabab er bilan osmonni ajrata olmay qoladi. Abu Yusuf va Imom Muhammad rahmatullohi alayhlar “Mastlik aqlga g‘olib kelib ajiray boshlaydi” deganlar”[13].
وَقَوْلُهُ بِأَنْ زَالَ عَقْلُهُ بَيَانُ حَدِّ السُّكْرِ فَعِنْدَ أَبِي حَنِيفَةَ السَّكْرَانُ مِنْ النَّبِيذِ الَّذِي يُحَدُّ هُوَ الَّذِي لَا يَعْقِلُ مَنْطِقًا قَلِيلًا وَلَا كَثِيرًا وَلَا يَعْقِلُ الرَّجُلَ مِنْ الْمَرْأَةِ وَلَا الْأَرْضَ مِنْ السَّمَاءِ وَقَالَا: هُوَ الَّذِي يَهْذِي وَيَخْتَلِطُ كَلَامُهُ غَالِبًا.
“Aql muvozanatini yo‘qotishi” degan qavli mastlik haddi bayonidir. Abu Hanifa rahmatullohi alayh nazdilarida nabiz tufayli had uriladigan mastlik u – mast bo‘lgan kishi ozmi ko‘pmi gapirayotganini aql qilmaydigan, erkakni ayoldan, osmonni erdan ajrata olmaydigan darajada bo‘lgan mastlikdir. Ikki imom: “Had uriladigan mastlik mast kishi aljirab ko‘pincha so‘zi aralashib ketadigan darajaga etgan mastlikdir” deganlar” (Bahrur roiq).
Mast holatda taloq qo‘yish hukmi:

Majnun va behush insonlar kabi mast kishida ham aql o‘z muvozanatini yo‘qotadi. Shunga binoan aslida majnun va behush insonlar kabi mast inson tomonidan aytilgan taloq tushmasligi kerak. Lekin, hanafiy mazhabi ulamolari mast insonga zajr va ogohlantirish bo‘lsin uchun uni qo‘ygan talog‘ini e’tiborga olganlar. Chunki, shari’ati islomiyada mast qiluvchi ichimliklarni iste’mol qilishdan qattiq qaytariqlar vorid bo‘lgan va nasha, sharob kabi narsalarni iste’mol qilish gunohi kabira hisoblanadi. Shunga binoan mast insonlar hushi o‘zida bo‘lgan insonlar qatorida hisoblanaib, hukm chiqariladi va ular tomonidan qo‘yilgan taloq taloq hisoblanadi.
وَيَقَعُ طَلَاقُ كُلِّ زَوْجٍ بَالِغٍ عَاقِلٍ وَلَوْ تَقْدِيرًا بَدَائِعُ ، لِيَدْخُلَ السَّكْرَانُ  أَيْ فَإِنَّهُ فِي حُكْمِ الْعَاقِلِ زَجْرًا لَهُ ، فَلَا مُنَافَاةَ بَيْنَ قَوْلِهِ عَاقِلٌ وَقَوْلِهِ الْآتِي أَوْ السَّكْرَانُ.
“Oqil, bolig‘ kishilarning talog‘i voqe bo‘ladi. Garchi taqdiran oqil bo‘lsada. Bunga binoan mast kishilar tomonidan qo‘yilgan taloq voqe’ bo‘ladi. Chunki, ular zajran aqlli kishilar hukmidadir. Musannifning oqil va mast degan qavli orasida hech qanday qarama qarshilik yo‘q”[14].
 

MAST HOLATDA TALOQNI VOQE’ BO‘LISh HIKMATI


Alloh taoloning hazrati insonga bergan behisob ne’matlaridan biri bu aql ne’matidir. Aql ne’mati orqali inson boshqa maxluqotlardan ajralib turadi. Inson Alloh taoloning ushbu ne’matiga shukur ado qilishdan ojizdir. Inson aqlli bo‘lgani uchun barcha maxluqotlar ularga bo‘yin sundirilgan. Lekin, barcha maxluqotlarning egasi faqat Alloh taolodir. Hatto, inson o‘zining biror bir a’zosiga ham molik emasdir, ya’ni bir a’zosini kesib, bir kishiga berib yuborishga haqqi yo‘q. Agar hech qanday sababsiz bir barmog‘iga talofat etkazsa, shari’at nigohida u inson qattiq gunohkor bo‘ladi. Ulkan ne’mat bo‘lgan aqlga putur etkazadigan mast qiluvchi, harom ichimliklarni iste’mol qilib, uni ustiga ayoliga taloq qo‘yish ulkan zulm va gunohi kabira hisoblanadi. Shu bois shari’at nigohida bunday kimsalar qattiq jazoga loyiqdirlar.
Achinarli gap shuki, bizning yurtlarda mazhabboshlarga ergashmaydigan, o‘zlarini ahli hadis deb hisoblaydigan kishilar mast holatda aytilgan taloq voqe’ bo‘lmaydi deb, ta’kidlaydilar. Lekin, ular tutgan qavl fatvo berilgan qavl emas. Balki mufto beh bo‘lgan va tarjihchilar tomonidan tarjih qilingan qavl bu mast holatda aytilgan taloqni voqe’ bo‘lishidir. Bu jumhur olimlarning mazhablaridir. “Badoi’us sanoi’”da bu masalaga oydinlik kiritilib, shunday deyilgan:

وَأَمَّا السَّكْرَانُ إذَا طَلَّقَ امْرَأَتَهُ فَإِنْ كَانَ سُكْرُهُ بِسَبَبٍ مَحْظُورٍ بِأَنْ شَرِبَ الْخَمْرَ أَوْ النَّبِيذَ طَوْعًا حَتَّى سَكِرَ وَزَالَ عَقْلُهُ فَطَلَاقُهُ وَاقِعٌ عِنْدَ عَامَّةِ الْعُلَمَاءِ وَعَامَّةِ الصَّحَابَةِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَعَنْ عُثْمَانَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّهُ لَا يَقَعُ طَلَاقُهُ وَبِهِ أَخَذَ الطَّحَاوِيُّ وَالْكَرْخِيُّ وَهُوَ أَحَدُ قَوْلَيْ الشَّافِعِيّ.
“Mast kishi ayolini taloq qilsa va uni mastligi shari’atda man qilingan xamrni yoki nabizni o‘z ixtiyori ila ichish bilan mast bo‘lib, aqli zoyil bo‘lsa, bas uni qo‘ygan talog‘i barcha ulamolar va sahobiylar nazdida voqe’ bo‘ladi. Usmon roziyallohu anhu unday kishilarning talog‘i taloq emas deganlar. Tahoviy va Karxiylar ushbu qavlni olganlar va bu Shofiiyning ikki qavlidan biridir”[15].
“Durrul muxtor” va “Kifoya”ning e’timodsiz iboralariga tayanib, jumhur sahobiy va hanafiy faqihlarining asosli qavllarini tark qilish fatvo berilmagan qavlni rojih qilish hisoblanadi va quvvatsiz gapga amal qilish lozim bo‘lib qoladi. Ba’zilar aytadilarki, sharob ichib kayf bo‘lganlarga sakson darra uriladi va ular ayollarini shu holatda taloq qilib qo‘ygan bo‘lsalar talog‘i tushadi deb hukm qilish jazo ustiga jazodir deydilar. Biz bunday g‘oyani ilgari suruvchilar bilan kelishib bo‘lmaydi deymiz. Chunki jazo ustiga jazo bo‘lishi xamr ichgandan keyin taloq qilmasa ham xotini taloq bo‘ladi deb hukm chiqarilsagina bo‘ladi. Lekin, bu erda xamr ichib, xotiniga taloq qo‘ysa ayoli taloq bo‘ladi deyilmoqda. Nima deb o‘ylaysiz agar mast odam ichib olib taloqdan boshqa gunohlarni qilsa, jazo tayin qilinmaydimi? Masalan ichib olib namoz, ro‘za va boshqa ibodatlarni tark qilsa, ularni qazosini o‘qishga hukm qilinmaydimi. Albatta, namozlarni qazosini ado qilishga hukm qilinadi. Demak, ularning gaplariga binoan mast odamga tark qilingan namozlarni ado qilish ortiqcha zulm ekanda?
Sharob va mast qiluvchi ichimliklarni iste’mol qiluvchilar jamoat joylarda va yolg‘iz holatlarda hech narsadan tap tortmay Alloh taolo tomonidan qaytarilgan bo‘lsa ham nafslarini qondirish maqsadida xamr iste’mol qilmoqdalar. Biz ham xamr ichuvchilarga imkoniyat yaratib berib, ularning qo‘ygan taloqlari tushmaydi deb, ularga keng yo‘l ochib bermasligimiz darkor. Aksincha, biz shunday ehtiyot yo‘lni tutaylikki, mast qiluvchi ichimliklarni ichuvchilar kamaysin va kelgusida bunday gunohi kabira yo‘l butkul tugasin. Shariati mutahhora islom avvalida xamrni harom qilish bilan bir qatorda xamr quyiladigan idishlarning ishlatishini ham qat’iy harom qildi. Chunki, bu orqali xamrga olib boradigan yo‘llarning barchasi berkiladi va insonlar qalbida xamrni yomonligi joylashib, undan nafratlana boshlaydilar. Shularga binoan mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilgandan keyin qo‘yilgan taloq voqe’ bo‘ladi deb hukm qilish shari’ati islomiyani hakimona hukmi hisoblanadi. Bu insonlarga saboq bo‘lib, xamr ichishdan tiyilishga olib keladi.
 

TALOQ TUShMAYDIGAN BA’ZI MAST QILGUVChI NARSALAR

Ba’zi dorilarni iste’mol qilish natijasida kayfi oshib qolsa va shu holatda ayoliga taloq qo‘yib qo‘ysa, talog‘i taloq hisoblanmaydi.
لَوْ زَالَ عَقْلُهُ بِالصُّدَاعِ أَوْ بِمُبَاحٍ لَمْ يَقَعْ.
“Bosh og‘rig‘i yoki muboh narsaning iste’moli sababli aql zoyil bo‘lib taloq qo‘ysa, taloq voqe’ bo‘lmaydi”[16].
Vino, nasha, aroq va ba’zi mast qiluvchi narsalarni iste’mol qilish shar’an haromdir. Ularni iste’mol qilgandan keyin quyidagi suratlarda taloq voqe’ bo‘lmaydi:

1. Bir kishi mast qiluvchi ichimliklardan birortasini mast qiluvchi ichimlik ekanidan bexabar holda ichib, ayoliga taloq qo‘ysa, taloq tushmaydi. Bu haqda Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan naql qilingan quyidagi rivoyat keltiriladi:

عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ إِنَّ اللَّهَ وَضَعَ عَنْ أُمَّتِي الْخَطَأَ وَالنِّسْيَانَ وَمَا اسْتُكْرِهُوا عَلَيْه

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Alloh taolo ummatimdan yanglishib, esdan chiqarib va unga (hayotiga xav soladigan tarzda) majburlanib qilgan narsalarni avf qildi”;

2. Bir kishi hayotiga xavf bo‘ladigan yoki biror a’zosiga nuqson etkaziladigan darajada sharob yoki kayf qiladigan narsalarni iste’mol qilishga majburlansa va ularni iste’mol qilib, ayoliga taloq qo‘ysa, taloq voqe’ bo‘lmaydi;

3. Qorin ochligidan hayotiga xavf tug‘ilsa va iste’mol qilish uchun kayf beruvchi harom narsalardan o‘zga biror iste’moli halol narsa topilmasa, kayf beruvchi narsani (hayotini xavfdan qutqaradigan darajada) iste’mol qilib hayotini saqlaydi. Bunday vaziyatlarda shari’ati islomiya harom narsalarni belgilangan tartibda iste’mol qilishga ruxsat beradi. Shuning uchun bunday holatda kayf beruvchi narsalarni iste’mol qilib, kayfda o‘zini nazorat qila olmay ayoliga taloq berib qo‘ysa, taloq voqe’ bo‘lmaydi;

4. Kayf beruvchi narsalarni muolaja uchun iste’mol qilsa va kayf bo‘lib qolib, ayoliga taloq berib qo‘ysa, taloq voqe’ bo‘lmaydi.
"وَاخْتَلفَ التَّصْحِيحُ فِيمَنْ سَكِرَ مُكْرَهًا أَوْ مُضْطَرًّا فَصَحَّحَ فِي التُّحْفَةِ وَغَيْرِهَا عَدَمَ الْوُقُوعِ . وَجَزَمَ فِي الْخُلَاصَةِ بِالْوُقُوعِ. قَالَ فِي الْفَتْحِ : وَالْأَوَّلُ أَحْسَنُ لِأَنَّ مُوجِبَ الْوُقُوعِ عِنْدَ زَوَالِ الْعَقْلِ لَيْسَ إلَّا التَّسَبُّبَ فِي زَوَالِهِ بِسَبَبٍ مَحْظُورٍ وَهُوَ مُنْتَفٍ".
“Bir kishi majbur qilinish natijasida yoki (cho‘lda qolib undan o‘zga eydigan narsasi yoki ichadigan narsasi qolmay) chorasiz holda mast qiluvchi narsani iste’mol qilib mast bo‘lsa, “Tuhfa” va boshqa kitob sohiblari taloq tushmasligi sahih deb aytganlar. “Xulosa” kitobida esa, taloq tushadi deyilgan. “Fath” kitobida aytdi: “Birinchi gap munosibroqdir. Chunki, aql ketganda taloq tushishligini vojib qilgan narsa, man’ qilingan narsa tufayli aql ketishidir. Bu erda esa, u topilmayapti[17].
 

UHLATUVChI DORILAR SABABLI KAYFDA TALOQ QILISh

Uxlatadigan dorilar odatda shari’ati islomiya man’ qilgan narsalardan tayyorlanadi. Ular tezda miyaga ta’sir qilib, markaziy nerf sistemasi faoliyatini to‘xtatib turadi va natijada fikrsiz aljirashi mumkin. Mohir, ishonchli, dindor vrachlar ko‘rigidan o‘tgandan keyin ular tavsiyasiga binoan ularni iste’mol qilish durust bo‘ladi. Tavsiyasisiz ichish esa joiz emas. Agar ishonchli, diyonatli vrach tavsiyasiga ko‘ra kayf beradigan dorilarni iste’mol qilgandan keyin kayfda aljirab ayoliga taloq qo‘ysa, taloq voqe’ bo‘lmasligiga fatvo berilgan.
"ذَكَرَعَبْدَ الْعَزِيزِ التِّرْمِذِيَّ قَالَ: "سَأَلْتُ أَبَا حَنِيفَةَ وَسُفْيَانَ عَنْ رَجُلٍ شَرِبَ الْبَنْجَ فَارْتَفَعَ إلَى رَأْسِهِ فَطَلَّقَ امْرَأَتَهُ". قَالَ: "إن كَانَ حِينَ يَشرَبُ يَعلَمُ أنَّهُ ما هُوَ فَهِيَ طَالِقٌ، وإن كَانَ حِينَ يَشرَبُ لَم يَعلَم أنَّهُ ما هُوَ لَم تُطلَق".
“Abdulaziz Termiziy: “Abu Hanifa va Sufyonus Savriy rahmatullohi alayhlardan banj (nashadan boshqa bo‘lgan mast qilguvchi o‘simlik) iste’mol qilib, ta’siri boshga ko‘tarilib xotinini taloq qilgan kishi haqida so‘radim. Agar u nima ekanini bilib iste’mol qilsa, xotini taloq bo‘ladi. Agar iste’mol qilayotgan paytda uni nima ekanini bilmasa, (va xotinini aljirab taloq qilib qo‘ysa) xotini taloq bo‘lmaydi”[18].
 

KAYFLIKDA QO‘YILGAN TALOQ ERKAKNING HAYoLIDA BO‘LIShI ShART EMAS

Mast holatda ayoliga taloq qo‘ysa-yu, o‘ziga kelgandan keyin qo‘ygan talog‘i esida bo‘lmasa, lekin ayoli yoki o‘zga biror kishi eshitgan bo‘lsa, taloq voqe’ bo‘ladi.   Manba    

26 May 2022, 23:13 | Savol-javoblar | 246 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar