Topib olingan pul hukmi
Ustoz topib olingan pul hukmi qanday bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yo‘qolgan narsa haqida uni topib olingan joyda va odamlar jamlanadigan erda, endi egasi so‘rab kelmasa kerak deydigan va buzulib qoladigan muddatigacha e’lon qilinadi – da, so‘ngra sadaqa qilib yuboriladi. Agar egasi kelib qolsa, xohlasa sadaqani tasdiqlaydi, xohlasa topib olganga to‘latib oladi.
Topib olingan narsa, taom, meva va shunga o‘xshash narsalar bo‘lsa, aynib qolishiga qarab egasini kutiladi. Topib olingan narsa, aynimaydigan narsa bo‘lsa, egasini kutish haqida fuqaholarimiz ikki xil ijtihod qilganlar. . . . Imom Abu Hanifa kutish muddati yo‘qolgan narsaning miqdoriga qarab turlicha bo‘ladi, deganlar. Bir dirhamni bir kun. Uch dirhamdan bir dirhamgachani bir hafta. O‘n dirhamdan uch dirhamgachani bir oy. O‘ndan ko‘p bo‘lsa, bir yil egasini kutadi. (Bir dirham o‘rtacha 3 gramm atrofidagi kumush miqdoriga teng). Manba
26 May 2022, 23:14 | Savol-javoblar | 194 | Dolzarb savollar