Qabriston yonidagi masjidlar haqida

Ba’zi masjidlarda qbaristonni ichiga yoki oldiga masjid qurilgan, ba’zisida Masjid bilan qabriston oralig‘ida Masjidni devoridan tashqari devor bor ba’zisida yo‘q. Qaysi holatda Qabriston bor joyga qurilgan Masjidlarda Namoz o‘qisa bo‘ladi, qaysi birisida bo‘lmaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu savolingizga «Fatoviy al-Azhar» - Al-Azhar fatvolari» majmuasidagi quyidagi fatvoni javob tariyqasida taqdim etishga ijozat bersangiz
- Ichida qabr bor masjiddagi namoz hukmi: Agar qabr masjiddan ajralgan joyda bo‘lsa, ya’ni, namoz o‘qilmaydigan joyda, unga qo‘shni masjiddagi namoz to‘g‘ridir. Buning haromligi yoki makruhligi yo‘q.
- Ammo qabr masjidning ichida bo‘lsa, Ahmad ibn Hanbalning mazhabida namoz botil va haromdir. Qolgan uch imomning mazhabida joizdir. Faqat ular, qabr namozxonning old tarafida bo‘lishi makruh, deganlar. Chunki, bunda qabrga namoz o‘qiganga o‘xshashlik bor. Lekin qabr oldida namoz o‘qishdan uni muqaddas bishi va ulug‘lash ko‘zlangan bo‘lsa, haromdir. Gohida shirkka olib borishi ham mumkin. Bas, qabr namozxonning orqasida, chap yoki o‘ng tarafida bo‘lsin!  Manba

26 May 2022, 23:13 | Savol-javoblar | 203 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar