Olim deb kimlarga aytiladi?

Olim deb kimlar aytilishini ta’riflab bersangiz, iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Olim ilm egasidir. "Ilm"ning eng to‘g‘ri ta’rifi - (ادراك الشيء على ما هو عليه او ادراك الشيء كما هو في الواقع) "Har bir narsa (butun mavjudot - Xoliq va maxluqot) aslida (voqelikda, haqiqatda) qanday bo‘lsa, ularni ana o‘shanday idrok etish (anglab etish)dir. Demak, sodda qilib aytganda, oqning oqligini va qoraning qoraligini bilgan, ishongan, e’tiqod qilgan, uning taqozosiga amal qilgan va boshqalarga ham aytgan odam OLIMdir!

26 May 2022, 23:14 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar