Payg‘ambarlar gunoh qilishganmi?
Muhtaram hazrat, mening o‘qiganlarim to‘g‘ri bo‘lsa, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan birorta gunoh amal sodir bo‘lmagan ekan. Ushbuni o‘qiganimdan keyin meni bir savol o‘ylantirib qo‘ydi. Tarixda yashab o‘tgan(yanglishmasam) 120 ming rasul va nabiylar ham gunohsiz yashashganmi? Ularning hammasi jannatiymi? Shu haqida biror ma’lumot bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Payg‘ambarlar ma’sumlar. Payg‘ambar alayhissalomlarning oddiy kishilardan ajrab turadigan birdan bir sifatlari ma’sumliklaridir. Ya’ni, ma’siyat qilish, shahvatlarga berilish, muruvvatga futur etkazadigan va insonlik qadrini ketkazadigan narsalardan chetda bo‘lishlaridir.
Payg‘ambar alayhissalomlar odamlarning eng go‘zal axloqlilari, eng pok amal qiladiganlari, eng yuragi tozalari va tasarrufotlari eng to‘g‘rilaridirlar.
Payg‘ambar alayhissalomlarning ma’sumliklari «ismat» tushunchasi asosidadir.
«Ismat» so‘zi lug‘atda «man qilish» - «saqlash» ma’nosini anglatadi.
«Ismat»ning shar’iy ma’nosi esa «Alloh taoloning O‘z Payg‘ambar va nabiylarini gunoh va ma’siyat hamda munkar va harom ishlarni qilishdan saqlashidir.
Shuningdek, Alloh taolo O‘z payg‘ambarlarini xulqiy va jasadiy ayblardan hamda boshqalar nafrat qiladigan kasalliklardan ham asragandir.
Chunki Alloh taolo odamlarni u zotlarga ergashishga, iqtido qilishga va ularning yo‘lidan yurishga amr qilgandir. Payg‘ambar alayhissalomlar barcha basharga yaxshi o‘rnakdirlar. Agar ulardan ma’siyat va munkar ishlar sodir bo‘lishi joiz bo‘lsa yoki mazkur nuqsonlardan birortasi mavjud bo‘lsa, u narsalar shariatda bor narsalarga aylanib qoladi. Bu esa mutlaqo mumkin emasdir. Shuning uchun ham Alloh taolo O‘z payg‘ambarlarini ma’sum qilgandir. Alloh taolo barcha payg‘ambarlarni O‘zining doimiy inoyati ila o‘ragandir. U zot Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga xitob qilib:«Bas, Robbing hukmiga sabr qil. Albatta, sen ko‘z o‘ngimizdasan», degan (Tur: 48).
Afsuski, boshqa dinlarda payg‘ambar alayhissalomlarga turli gunohlarni qilganlik nisbatlari beriladi. Manba islom. uz
26 May 2022, 23:19 | Savol-javoblar | 180 | Aqiyda