Websum orqali tijorat qilish
Savolim internet to‘lov usuli haqida. Vebsum. uz elektron to‘lov xizmati bor. O‘sha xizmatda hisob ochib unga ma’lum mablag‘ qo‘ysam, hech qanday foizsiz hisobimda turaveradi. Agar ushbu xizmatdan foydalanib, mobil aloqa uchun 1000 so‘m pul to‘lasam, mobil aloqa hisobimga 1000 so‘m pul to‘liq tushadi. Lekin, mening websum elektron hisobimdan Vebsum. uz xizmati egalari yana qo‘shimcha 1% ya’ni 10 so‘m xizmat haqi ham echib olinadi. Va hisobimdan umumiy 1010 so‘m pul kamayadi. Men o‘sha hizmatdan foydalanib tijorat qilmoqchi bo‘lsam, ya’ni odamlarning mobil telefonlariga pul o‘tkazib daromad qilmoqchi bo‘lsam, quyidagi ikki usuldan qaysi biri durust hisoblanadi? 1) Mijoz bergan pulni to‘liq uning mobil hisobiga o‘tkazib, uning ustiga yuqorida aytilganidek mening hisobimdan olinadigan 1% xizmat haqining ustiga o‘zimning xizmat haqimni qo‘shib, mijozdan yana yalohida pul olish. Ya’ni, mijoz 1000 so‘m tushirib bering hisobimga desa, uning hisobiga 1000 so‘m tushirib ustiga alohida 100 co‘m xizmat haqini oldindan aytib olish; 2) Mijoz hisobimga 1000 so‘m to‘lamoqchiman desa, unga to‘lanadigan puldan 2% xizmat haqim bo‘ladi deb, uning bergan pulidan 2% haqimni olib qolib, 980 so‘m mijozimning hisobiga tashlab berish. Ikki usuldan qaysi biri durust?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ikkisi ham bir xil.
26 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ikkisi ham bir xil.
26 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat