Ushbu holatlarda nima qilish kerak?
Hazrat, men ishlaydigan korxonada bir nechta bo‘limlar bor va bu bo‘limlarning ba’zisida klientlar pul yoki boshqa tovarlar bilan bevosita ishlash vakolati bor. Lekin ushbu bshlimlarda ishlaydigan ayrim xodimlar o‘zlariga berilgan vakolatdan foydalanib harom pul ishlashadi. Misol uchun: Korxona sotish kerak bo‘lgan tovarga klient topishadi va falon foizga kelishib shartnoma imzolashadi (Tender o‘tqazishmaydi). Va boshqa shunga o‘xshagan ishlarni orqavarotdan eshitib qolamiz. Mana shunday holatlarda ushbu ishlarni qilayotgan odamlarning aybini isbotlab jazosini berish uchun ularning nopok ishlarini o‘zlariga bildirmasdan kuzatib yurib va ma’lum bir dalil olgandan keyin yuqoridagi rahbarlarga aytsak, bu ish to‘g‘ri bo‘ladimi? Yoki bu josuslik bo‘ladimi? Yana bir yo‘li, o‘zimizga dushman orttirmaslik uchun sekingina boshliqlarga xabar berib qo‘ysak g‘iybat bo‘lib qolmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ma’lum bir dalil olgandan keyin yuqoridagi rahbarlarga aytsa, to‘g‘ri bo‘ladi.
26 May 2022, 23:21 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ma’lum bir dalil olgandan keyin yuqoridagi rahbarlarga aytsa, to‘g‘ri bo‘ladi.
26 May 2022, 23:21 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar