savdoda harommi
V. R. V. B. ! Mani oldimgi doimiy mijoz bo‘lib qolgan institut ukituvchisi ofis uchun ishlatiladigan (snegurochka) kogozdan 3 pachka olib keldi. Pulga qiynalib qolganini bu qohozlarni uyidan olib kelayotganini aytib yordam berishimni so‘radi. Qog‘ozga muhtojligim yuq edi lekin, azbaroyi raxmim kelganidan bozor narxida kelishib sotib oldim. Mijoz ketar chog‘ida manga minnatdorchiliklar aytib, gaplari orasida bu qog‘ozni vazifa bajarib kelmagan talabalardan olganini ta’kidlab o‘tdi. Man gumrohni aqlim noqislik qilib avvaliga tushunmadim. U ketganidan so‘ng bu qog‘oz men uchun harom bo‘ldimi deb o‘zimni ich etimni eya boshladim. Chunki bu qog‘ozdan kseronusxa va boshqa xizmatlar orqali tirikchilik o‘tkazaman. Iltimos, men endi nima qilay? To‘g‘ri yo‘l ko‘rsating. Alloh rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Taqvo yuzasidan o‘sha qog‘oz narxini kambag‘allarga sadaqa qiling.
26 May 2022, 23:25 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Taqvo yuzasidan o‘sha qog‘oz narxini kambag‘allarga sadaqa qiling.
26 May 2022, 23:25 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar