Sajdadan jalsaga o‘tish

Assalomu alaykum! Menga bir tanishim sajdadan jalsaga o‘tishda oyoqlarni erdan uzmay yon tomonga o‘tkazish kerak dedi. Men esa sajdani tamomlab jalsaga borishda oyog‘imni erdan uzib yon tomonga olar edim. Qay biri to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikkisi ham joiz. Bunchalik maydalashmaslik kerak. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar