Qur’onga hurmat!

Biz kursdoshlar bilan Toshkentda bir kvartirada turamiz, Alhamdulillah Namoz o‘qimiz, Qur’on o‘qimiz. Lekin bizda bir bahsli masala chiqib qoldi. Ba’zan kimdir Qur’onni ovoz chiqarib o‘qisa boshqa bir do‘stimiz do‘stim iltimos ichingizda tilovot qiling men siz o‘qiyotganingizda boshqa ishlar bilan shug‘ullansam gunohkor bo‘laman deydi. Qur’on o‘qiyotgan do‘stimiz esa men ovoz chiqarib o‘qimasam tajvid va qiroat yahshi chiqmaydi deydi. Ba’zan qo‘shni xonada kimdir o‘rtacha ovozda qiroat qilsa boshqa bir do‘stimiz qo‘shni xonada ovqatlanayotgan bo‘lsa do‘stim ichingizda o‘qing men ham ovqatlanib ham Qur’on tinglab gunohkor bo‘layapman hech kim yo‘q bo‘lsa boshqa gap deydi. To‘gri kvartira ozroq torlik qiladi. Lekin hammamiz ham Qur’onni hurmat qilishni hohlaymiz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qur’oni Karimni ehtirom bilan tinglash kerak. Siz aytgan holatda tovush chiqarmay o‘qish lozim. Boshqalar Qur’oni Karimning ehtiromini joyiga qo‘ya olmay gunoh sodir bo‘ladi.

26 May 2022, 23:48 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar