Halolni o‘zimga harom deb kofir bo‘lib qoldimmi?
Men avvalroq Alloh taolo halol qilib bergan nematni o‘zimcha «bu men uchun harom», deb, adashmasam, Alloh nomi bilan qasam ham ichib qo‘yibman. Chunki bu ne’matlar ba’zi foydali ishlarni vaqtini cho‘zishimga sabab bo‘lgandi. Bunday qilishimga sabab Ya’qub (Isroil) alayhissalom o‘zlarining nafslarini qiynash uchun o‘zlariga sevimli bo‘lgan tuya go‘shtini o‘zlari uchun harom qilganlari edi. Keyin alloh halol qilgan narsani haromga, harom qilgan narsani halolga chiqargan inson kofir bo‘lishi xaqidagi hukm esimga tushib qoldi. (avval ham bilardim, ammo u ishni qilgan paytim esimda yo‘q edi). 1. Ustoz, men kofir bo‘lib qoldimmi? 2. Iltimos, maslahat bering, endi nima qilaman? Qo‘rqib ketayapman! Iltimos, ustoz, shu ikki savolimga javob bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz unutib qilganingiz uchun, inshaalloh kofir bo‘lmaysiz. Endi tavba qilasiz, istig‘for aytasiz, nadomat chekasiz va qayta qilmaysiz. Bundan keyin har bir narsani qilishdan oldin uning shariatimizdagi hukmini ravshan bilib olishga harakat qiling.
27 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom