Qarg‘ishdan qutilish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Yaqin do‘stim bor, uning otasi oilada 4 farzand bo‘lgan. Oilaviy kelishmovchilik tufayli ota 4 o‘g‘ilni qarg‘agan. O‘tgan yili otasi olamdan o‘tdi. Oxiratlari obod bo‘lsin. Xozirgi kunda farzandlarning ishi yurishmay orqaga ketyapti. Bir farzandi tijorat bilan shug‘illanar edi juda katta qarzga kirib ketgan. Boshqasi esa ishlagani chetga chiqib ketmoqchi xotini Moskvaga  o‘zi esa Qozog‘istonga. Yana biri Moskvada urushib qamalib  qolgan. Yana biri o‘rtog‘imni dadasi uning xam ishi yurishmay qolgan. 4 ta o‘g‘il qarg‘ish olgan ota esa olamdan o‘tgan. Ular umrini oxirigacha shunday qoladimi yoki qarg‘ishni qaytarsa bo‘ladimi? Ular endi nima qilishi kerak? Bu savolni yaqin o‘rtog‘im uchun sizlarga yozdim. Qarg‘ishni qaytarish uchun nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan javobni o‘qing. https://savollar.islom.uz/savol/129585

21 Aprel 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 183 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar