O‘z bolasini tug‘ilishga qarshi bo‘lgan otaga munosabat
Assalomu alaykum! Yoshim 27 da lekin xaligacham otam (adam) meni biror marta bo‘lsa xam ko‘rgani kelmagan. Sababi onamning aytishlaricha u inson meni dunyoga kelishimga norozi bo‘lgan ekanlar. Nimaga deb onamdan so‘rasam u inson 3ta o‘g‘ilni boqib uyli joyli qilib uylantirish osonmas deb meni tug‘ilishimga norozilik bildrgan ekan. Yana kamiga onamni bir o‘zlarini ikkita kichkina norasida bolasi va qornidagi xomilasi(men) bilan qiyin axvolda tashlab ketgan ekanlar. Shunda onam ulardan voz kechib meni tanlaganlar ekan kegin oradan yillar o‘tib mana biz uch o‘g‘lon katta bo‘ldik. Savolim shuki agar shu xolatda qoladigon bo‘lsak biz gunoxkor bo‘lib qolmaymizmi? Bunday xolatda nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizga ehtiyoji bo‘lsa yordam berishingiz zimmangizdagi haq bo‘ladi. Ota har qanday holatda ham o‘z maqomida qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:57 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush