Erkak kishini sir saqlay olmasligi
Assalomu alaykum Shayx hazratlari. barcha qilayotgan hayrli ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin.Biz ho‘jaynim va bolalarim bilan chet elda yashaymiz. Yaqinda onami operasiya qilish kerakligi haqida xabar keldi. men ho‘jaynimdan borsammikin deb so‘radim. ho‘jaynim tayinli bir gap aytmadilar. 1-2 kun o‘tib farzandimizni maktabi aniq bo‘lgandan keyin borishimiz mumkinligini ayttilar. uni ertasiga onam tezda chatga kirib nega kelishga tayyorgarlik ko‘rayotganimni, kelmasligim kerakligini, agar kelsam norozi bo‘lib yuzimga qaramasliklarini ayttilar. (onam operasiy bo‘lishlarini mendan sir tutayotgan edilar. Onam juda andishalik ayollar, doim bolam qiynalmasin, uyidagilar hafa qilmasin, ularga og‘irligi tushmasin deb harakat qiladilar. onam meni bilmaydi deb o‘ylaganlar, men ham hali qa‘tiy javobni ho‘jaynimdan olmasdan ularga xabar berishni istamadim.) hullas ma‘lum bo‘lishicha onam qaynonamni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani tel qilganlarida qaynonam o‘g‘illarini boshi qotganini, meni kelmoqchi bo‘lganimni va yana allanimalarni aytgan.(qaynonam kuyovini ham chet elga jo‘natish payida, o‘g‘illari uni hamma chiqimlarini to‘lashini biladilar, agar biz ketsak u pullar bizga sarf bo‘ladi va kuyov chet elga borolmaydi. qaynonam kimga qanday ta‘sir ko‘rsatishni yaxshi biladilar ular onamga atayin buni aytganlar, mayli Alloh kechirsin balki yomon gumon qilayotgandirman, lekin 8 yillik tajribamdan kelib chiqib gapiryapmanda) hullas onamga bu gapni qaynonamdan eshitish juda og‘ir botgan. meni ta‘sirlantirgan narsa ho‘jaynimni sir saqlolmagani bo‘lyapti, mana turmishimizga qariyb 8 yil bo‘lyapti ammo ahvol o‘sha o‘sha doim mening gapimni uylariga, ularnikini menga tashiydilar, o‘zlaricha bir hulosa chiqarolmaydilar. bir tomondan ularni ham tushunaman, o‘zlaricha bir ish qilsalar qaynonam uyda janjal qiladi, noroziman deydi. aybim bir og‘iz so‘raganim bo‘ldi, o‘z hohishimcha ish qilmadimku axir, agar yoqmasa borishim bormaysan deb qo‘ya qolsalar bo‘lardiku, uylariga etqazmay. Nikohimiz o‘qilayotganda domla bizga aytgandilar sizlar bir biringizga libossizlar, biringizni aybingizni biringiz yopib ketinglar deb. turmushimiz boshidan shunaqa didi didi qilganlar, na ular men erkakmanku demaydilar na onalari gap tashima demaydi, aksincha aytmaganiga qo‘ymaydi. nega unaqa qildingiz desam, bilib ol men doim shunaqa qilaman deydilarhudo biladi qaynonam onamga nimalar degan onam men yaxshi farzand tarbiyalolmadim, qizim menga rahmat keltirmadi deb qon bosimlari oshib yotibdilar. onamni aybi nima axir bu erda?Hazrat yo‘l ko‘rsating nima qilay, qanday yo‘l tutay? yostiqdosh, sirdosh degan gaplar bor edi, endi bir umr begonalardek sir tutib yashashim kerakmi? iltimos yo‘l ko‘rsating.javobingiz uchun oldindan raxmat, Alloh rozi bo‘lsin. inshalloh vatanga qaytganda "baxtiyor oila " kitobingizni harid qilmoqchiman, shunday kitob yozganingiz uchun ming bora raxmat hazrat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- "Baxtiyor oila" kitobini xo‘jayingiz bilan birga o‘qinglar. Shunda u odam ham ko‘p narsalarni bilib oladi. Mulohazalaringiz to‘g‘ri. Alloh taolo baxt bersin!
27 May 2022, 00:10 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- "Baxtiyor oila" kitobini xo‘jayingiz bilan birga o‘qinglar. Shunda u odam ham ko‘p narsalarni bilib oladi. Mulohazalaringiz to‘g‘ri. Alloh taolo baxt bersin!
27 May 2022, 00:10 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush