Juma namozida imomni pul so‘rashi

Assalomu alaykum! Ustozlar, juma namozida ko‘pincha imomlar masjidda qurilish uchun minbardan turib pul so‘rashadi. Shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uni pul so‘rash emas, aksincha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi hadislarida kelgan savob va ajrdan bahramand bo‘lishga chaqirishi deb tushunish kerak. عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّه رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُما أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : مَنْ بَنَى مَسْجِدًا لِلَّهِ كَمَفْحَصِ قَطَاةٍ ، أوْ أَصْغَرَ ، بَنَى اللَّهُ لَهُ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ رواه ابن ماجه Jobir ibilan Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Qatot(kaklik yoki g‘urrak) qushi inicha yoki undan kichikroq Alloh uchun masjid qursa Alloh u uchun jannat bir baytni bino qiladi” dedilar. Ibilan Moja rivoyati. أَنَّهُ سَمِعَ عُبَيْدَ اللهِ الْخَوْلَانِيَّ: أَنَّهُ سَمِعَ عُثْمَانَ بْنَ عَفَّانَ يَقُولُ عِنْدَ قَوْلِ النَّاسِ فِيهِ حِينَ بَنَى مَسْجِدَ الرَّسُولِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّكُمْ أَكْثَرْتُمْ، وَإِنِّي سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَنْ بَنَى مَسْجِدًا - قَالَ بُكَيْرٌ حَسِبْتُ أَنَّهُ قَالَ - يَبْتَغِي بِهِ وَجْهَ اللهِ، بَنَى اللهُ لَهُ مِثْلَهُ فِي الْجَنَّةِ Ubaydulloh Xavloniy eshitgan ekanki, Usmon ibilan Affon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning masjidlarini qurayotgan kezlari odamlarning o‘z sha’niga qilgan gap-so‘zlariga javoban: «Sizlar oshirib yubordinglar. Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Kim bir masjid qursa – Bukayr: «Allohning vajhi(roziligi)ni istab», dedi, deb o‘ylayman», degan – Alloh unga jannatda uning mislini qurib beradi», deyayotganlarini eshitganman», degan ekan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Albatta imom berasan deb majburlashi to‘g‘ri emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:36 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar