Payg‘ambar alayxissalomning muborak sochlari
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, Allox ilmingizni bundanda ziyoda qilsin va din yo‘lida qilayotgan ishlaringizni ajrini bersin! Meni 3 ta savolim boridi, xammasini bitta xatga jamlab yuborvoman. <ol> <li>Bilamizki xozirda muzeyda Nabiyimiz sallolloxu alayxi vassallamning muborak sochlari saqlanadi. Aytishlaricha xuddi u zotni o‘zlarini bulut soya qilib yurgandek xozirda saqlanayotgan muborak sochlarini xam (agar quyosh tushadigan joyga olib chiqilsa) bulutlar tezda to‘planib soya qilib olisharkan. Savolim shuki buni sinab ko‘rishganmi, qachon va qaerda sinab ko‘rishgan? Videoga tushirib olishganmi, agar videosi bo‘lsa qaerdan topsak bo‘ladi?li> <li>Ikkinchi savolim biroz g‘alatiroq bo‘lishi mumkin, oldindan uzr! Qur’oni Karimda anbiyolarning jasadi er uchun xaromligi, er ularni jasadini chiritmasligi aytilgan va biz bunga shubxasiz iymon keltiramiz. Savolim shundan iboratki tarixda birorta anbiyoning qabrini ochiq xolida topib olishgani (yoki atayin kavlabmi) xolida ularni chirimagan jasadlarini ko‘rilgan xolatlar bo‘lganmi?li> <li>Uchinchi savolim shundan iboratki, Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf xazratlarining xalqaro islom tashkilotlari konferentsiya va boshqa tadbirlarida arab tilida qilgan chiqishlarining videolari bormi? Bo‘lsa qaerdan topsam bo‘ladi? YouTube kabi saytlardan topa olmadim..li> ol> Vaqtingizni ayamay javob berib, bizlarni bilmagan narsalarimizni o‘rgatayotganlaring uchun sizlarga tashakkur, Allox subxanaxu va taolo bu xayrli ishlaringda o‘zi kuch-quvvat bersin!!!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soyalari bo‘lmagan degan gap quvvatli gap emas. Bu ma’lum bir muddatda bo‘lganligi va keyin o‘tib ketganligi quvvatli gap hisoblanadi. 2). Albatta bo‘lgan. Vallohu a’lam! https://siyrat.uz/?p=7975 3). https://ok.ru/video/25131158239
27 Aprel 2022, 13:52 | Savol-javoblar | 159 | Siyrat va tarix