Vaqf bo‘lmagan joyda nafas olish
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu.Ba’zi domlalarimiz tilovatda, hatto namoz ichidagi tilovat davomida, uzunroq oyatda nafaslari etmagani sababli ma’lum bir joyda bir lahza, xuddi vaqf qilinmayotgandek nafasni rostlab oladilarda, tilovatni davom etadilar, holbuki o‘sha joyda vaqf mavjud emas. Shunday tilovat qilish joizmi? Va bu ish qanday nomlanadi?Sizlarga Alloh roziligini so‘rab,vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom.Bu ish joiz emas. Agar joiz bo‘lganida vaqf va uning turlari haqidagi bahslarning ahamiyati qolmasdi. Shuningdek, saktada nafas olmaslikni ta‘kidlash ham o‘riinsiz bo‘lib qolardi. Tilovat asnosida nafas olish haqida eski kitoblarda kerakli ma‘limot topish qiyin. Chunki bu kabi notog‘ri tasarruf oldingilarning esiga ham kelmagan. Ammo bugungi kundagi ayrim manbalarda bu borada to‘xtalinmoqda. Bu ishni ba‘zilar "nafas o‘g‘irlash" deb atamoqda.Tilovat asnosida nafas oladigan odam agar bu bilan o‘zini uzunnafasli qori deyilishini qasd qilsa, harom ish qilgan bo‘ladi. Chunki u riyokorlik qilgan bo‘ladi, odamlarni aldagan bo‘ladi. Agar u bu kabi yomon maqsadda emas, balki bepisandlik, dangasalik sababli mazkur ishni qilishga odatlangan bo‘lsa, makruh amalni qilgan bo‘ladi, Qur‘onga behurmatlik qilgan bo‘ladi. Ammo kishi bemorlik, keksalik tufayli nafasi o‘ta kaltaligidan ba‘zan tilovat asnosida ham nafas olishga majbur bo‘lib qolsa, u holda uzrli hisoblanishi umid qilinadi.Shuni alohida aytis kerakki, ayrim ulamolar o‘tgan ustozlardan naql qilishlaricha, tilovat asnosida nafas o‘g‘irlashga odatlangan riyokor o‘lim chog‘ida shahodat kalimasini aytishga qiynalar ekan. Vallohu a‘lam.
27 May 2022, 00:23 | Savol-javoblar | 143 | Qur’oni karim